Rossiyaning Tyumen shahrida 2019-nCoV yangi turdagi koronavirusdan tuzalgan talaba qizga uyga javob berildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Laboratoriya tekshiruvlari qizning butunlay sog‘ayganini ko‘rsatgan.
Bemor qiz bilan muloqotda bo‘lgan boshqa talabalarda virus aniqlanmagan. Ularga ham karantindan so‘ng uyga ruxsat beriladi, deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, qizda kasallik yengil kechgan.
31-yanvar, juma kuni, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, virus Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida bo‘lgan Xitoyning ikki fuqarosida aniqlangani haqida ma’lumot bergan edi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Rossiyada 20 ming nafar odam hali ham koronavirus yuqtirib olganlik gumoni bilan mutaxassislar nazoratida bo‘lib turibdi.
Izoh (0)