Gollivud aktyori Kirk Duglas 103 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda aktyorning o‘g‘li Maykl Duglas Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Kirk Duglas umri davomida 80 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Ular orasida “Yovuzlar va go‘zallar” (1952), “Hayot chanqog‘i” (1956), “Mashhurlik yo‘lagi” (1957), “Spartak” (1960) filmlari butun dunyo bo‘ylab muxlislar qalbidan joy olgan. 1996-yilda kino sohasidagi ulkan faoliyati uchun u “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgandi.
Izoh (0)