Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliya hukumati poytaxt Kanberra va shahar atrofidagi boshqa hududlarda e’lon qilingan favqulodda vaziyatni bekor qildi, deb xabar beradi “Kommersant”. Shu bilan birga Kanberraning uzoq hududlarida Orroral vodiysidagi yong‘in xavfi sabab favqulodda vaziyat rejimi saqlanib qolmoqda.

Foto: AP

Foto: AP

“Biz hozircha yong‘inni to‘liq bartaraf etganimizcha yo‘q, yana bir necha hafta olov bilan kurashishimizga to‘g‘ri keladi”, — deydi Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissar Jorjina Uilan.

Orroral vodiysidagi yong‘in 55 ming gektardan ko‘proq hududga tarqalgan, biroq u hozircha jiddiy zarar yetkazgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliyaning sharqiy sohillaridagi keng miqyosli o‘rmon yong‘inlari 2019-yilning oktabr oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Alangadan Yangi Janubiy Uels shtati, ayniqsa, jiddiy zarar ko‘rdi — bu yerda 3 million gektardan ziyod o‘rmon, xususan, milliy bog‘lar va koalalarning qo‘riqlanadigan yashash joylari yonib ketgan. Yong‘inlar oqibatida 12 kishi, jumladan, uch nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan, 30 nafari turli darajada tan jarohati olgan, besh kishi bedarak yo‘qolgan. Mingdan ortiq turar joy hamda 2,5 mingta ma’muriy va xo‘jalik binolari kulga aylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi