So‘nggi haftada Xitoydan O‘zbekistonga aviaparvozlarga bo‘lgan talab 5 baravar oshdi, deb xabar bermoqda Aviasales.
Turistik qidiruv xizmati tahlilchilari O‘zbekiston—Xitoy va Xitoy—O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarning oldindan buyurtma qilinishini o‘rganib chiqdi. O‘rganish natijalarida Xitoyga bo‘lgan talab 3 barobar pasaygani, O‘zbekiston yo‘nalishiga bo‘lgan talab esa aksincha, 5 marta oshgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Xitoy o‘zbekistonliklar eng ko‘p boradigan mamlakatlardan biridir. Dekabr oyida bu mamlakat Janubiy Koreya va BAAdan so‘ng 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yanvar oyiga kelib 11-o‘ringa tushgan.
Shu bilan birga, mutaxassislar Xitoy—O‘zbekiston reyslariga bo‘lgan talab 5 marta oshganini qayd etgan. Avichiptalar Shanxay, Pekin, Urumchi va Nanchan kabi shaharlardan eng ko‘p bron qilingan.
Avvalroq O‘zbekiston koronavirus tufayli xitoylik sayyohlarning bir qismini yo‘qotishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)