• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Virusning o‘zi Xitoyda, lekin barcha vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti”

    Xitoy markazidagi Xubey viloyatida joylashgan, 11 million aholi istiqomat qiladigan Uxan shahrida Xuanan hayvon va dengiz mahsulotlari bozoriga aloqador odamlarning 2019-yilning dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya bilan kasallanish holatlari aniqlangan edi. Keyinchalik xitoylik olimlar bu kasallik yangi — 2019-nCoV koronavirusi bilan bog‘liq ekanligini aniqladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo
    Shundan so‘ng, 22-yanvar kuni Uxan shahrida karantin joriy etildi, jamoat transporti harakati to‘xtatildi, shaharga kirish va chiqish to‘xtatildi. 24-yanvar kuni Xuangan, Echjou, Chibi va Chjiszyan shaharlarida ham shunday tartiblar eoriy etildi. Umuman olganda, Xitoy rahbariyati 14 ta shaharda karantin joriy etdi. Bundan tashqari, ushbu koronavirus bilan kasallanish holatlari Tailand, Gonkong, Avstraliya, Singapur, Tayvan, Yaponiya, Fransiya, Malayziya, Janubiy Koreya, AQShda ham qayd etilgan. Hozirgacha kamida 1383 kishi kasallangan, 41 kishi vafot etgan (yaxshi yangiliklar ham yo‘q emas).

    Mavzuga doir: SSV: O‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘q

    Koronavirus sabab Xitoydagi shaharlarning yopilishi, ushbu jarayonlarga nafaqat fuqarolik shoshilinch xizmatlari, balki armiyaning ham jalb etila boshlangani (qo‘shimchasi, Xitoy hukumatining Uxanda kasallanganlar uchun 10 kunda 1000 kishilik shifoxona qurish tashabbuslari), bu holatlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda faol yoritilishi, tabiiyki, vaziyatni chetdan kuzatayotgan insonni vahimaga tushirishi mumkin. Xitoyda istiqomat qiluvchi, “Daryo” bilan bog‘langan o‘zbekistonliklar ham kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tashvishli, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan audiolarga shunday munosabat bildirmoqda.

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Xitoydagi ayrim o‘zbekistonliklar bilan bog‘lanib, ularning fikrlarini oldi.

    “Asosiy qiyinchilik oziq-ovqat masalasida bo‘lmoqda”

    Asli vodiylik G‘.A. (o‘z ismini ochiqlashni istamadi) 2019-yil kuzidan beri Uxanda, hozirda universitetga o‘qishga kirish maqsadida bir yillik tayyorlov kursida o‘qiyapti. Aytishicha, kuniga bir necha bor niqob (maska)ni almashtiradi, barcha talabalarga termometrlar ham berilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Uxanda taxminan 50—60 nafar atrofida o‘zbek yoshlari bor. Ular bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tez-tez xabarlashib turamiz. Virus to‘g‘risida o‘qituvchimiz orqali to‘liq xabardor bo‘ldik, internetdagi ma’lumotlarni ham o‘qib boryapmiz”, — deydi u.

    G‘.A. Uxanda tojikistonlik talaba bilan bir xonada yashaydi. “Biror davlat elchixonasi o‘z talaba yoshlarini Uxandan olib chiqib ketganini eshitmadim hali. Qozog‘iston, Tojikiston kabi qo‘shni davlat yigit-qizlari ham biz bilan birga, shu yerda”, — deydi u.

    Hozirgi sharoitda asosiy qiyinchilik oziq-ovqat masalasida bo‘lmoqda, chunki karantin munosabati bilan Uxandagi deyarli barcha supermarketlar yopilgan, faoliyat ko‘rsatmayapti. “Oziq-ovqat masalasida, ko‘pchilik qatori, biroz qiynalyapmiz. Lekin vahima ko‘tarishga hojat yo‘q. Xudo xohlasa barchasi o‘tib ketadi”, — deya qo‘shimcha qildi G‘.A..

    “Shaharlarning bo‘shab qolishi bayram bilan bog‘liq”

    Dilsora Mirzaahmedova 10 yildan beri Xitoyda yashaydi. Aytishicha, Xitoydagi vaziyat OAVda ko‘rsatilayotgandek, Telegram‘dagi tarqalayotgan audiolardagidek vahimali emas. Uning fikricha, o‘zbekistonlik ayrim talabalarning vahima (shok)ga tushib qolishiga ularning, ehtimol, Xitoyga endi kelgani, bu mamlakat madaniyatidan bexabarroq ekani sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Har yili yanvar oyi oxiri — fevral boshida Xitoyda Chunjiye — bahor bayrami nishonlanadi. Bayram bahona millionlab ishchi-xodimlar, talabalar o‘z tug‘ilgan joylari — ota uylariga, qishloqlarga ketadi. Oqibatda yirik shaharlar suv quygandek jim-jit bo‘lib qoladi. Bu o‘ziga xos an’anaga aylangan hatto. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda xabarlari xavotirlarga sabab bo‘layotgan talabalar, nazarimda, Xitoyga yaqinda kelgan bo‘lsa kerak — ular Chunjiye bayrami tufayli shaharlar sokin bo‘lishini endi guvohi bo‘lishmoqda, shaharlar virus sabab bo‘shab qolyapti, deb tushunishyapti, shekilli”, — dedi u.

    Dilsora Mirzaahmedovaning ta’kidlashicha, Xitoyda, xususan, Uxanda bir necha yillardan beri yashayotgan o‘zbekistonliklar vaziyatga to‘g‘ri baho berishga harakat qilishmoqda. “Chunjiye bayrami xitoyliklar uchun sayohat mavsumi hisoblanadi. Minglab sayohatchilar boshqa hududlarga chiqmasligi yoki tashqaridan turistlar kirib kelmasligi, muhimi, virus tarqalishining oldini olish maqsadida hukumat Uxan shahrini vaqtincha yopdi. Buni Xitoydagi ko‘plab o‘zbeklar odatiy qabul qildi”, — deydi u.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Xitoy ichidagi vaziyat audiolarda aytilayotganidek vahimali emas “Do‘konlarda narx-navolar oshgani yo‘q, maskalar ham taqchil emas: bemalol topib, xarid qilsa bo‘ladi. Hamma Chunjiye bayramini nishonlashni boshlab yuborgan. Barcha vahima O‘zbekistonda, Toshkentda”, — deya qo‘shimcha qildi Dilsora Mirzaahmedova.

    “Hech qaysi davlat o‘z talabalarini olib chiqib ketgani yo‘q”

    O‘zbekistonlik Z.A. (u ham ismini oshkor etishni istamadi) ikki yildan beri koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxandan bir soatlik masofada joylashgan Nanchan shahrida yashaydi, shu yerda xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda. Aytishicha, u yashaydigan joyda virusga qarshi dezinfeksiya qilishyapti, tana haroratini o‘lchash esa hozircha har kunlik mashg‘ulotga aylangan, virusologlar doimiy maslahat berib turibdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Internetda o‘zbekistonliklar tomonidan tarqatilayotgan xabarlardan, ochig‘i, hayron bo‘ldik. Hech qaysi davlat o‘zining talabalarini olib chiqib ketgani yo‘q. Virus Xitoyda tarqalgan bo‘lsa-da, vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti. Bu orqali faqat ota-onalarimiz, yaqinlarimizni xavotirga solganimiz qoladi xolos”, — dedi Z.A..

    Ta’kidlashicha, u ham kuni kecha Telegram’da tarqalgan bir qizning yig‘i aralash yo‘llagan audiosini eshitgan. “Eshitishimcha, u qiz Xitoyga yangi kelgan talaba ekan. Menimcha, u qo‘rqqanidan vahimaga tushib, audioxabar tarqatib yuborgan”, — deya fikr bildirdi Z.A.. Shu o‘rinda, Dilsora Mirzaahmedovaning ta’kidlashicha, u o‘sha audioxabarni yo‘llagan qizni izlab topishga harakat qilgan, ammo na u, na uning Xitoydagi boshqa tanishlari u qizning aynan qaysi shaharda ekanini hozircha aniqlay olgan.

    Shu o‘rinda bir mulohaza: Shu kunlarda O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmayapti, degan fikrlar bir emas, bir necha manbalar tomonidan yangramoqda. Albatta, Tashqi ishlar vazirligi ham, Xitoydagi diplomatik vakolatxonalar vakillari ham bu fikrga qo‘shilmasliklari mumkin, ammo vaziyat haqida (salkam favqulodda kutilmagan ekanini hisobga olib) har soatda bo‘lmasa-da, har yarim kunda bir axborot berib turilsa, vahima ko‘tarilishining oldi olingan, vatandoshlar ham “biz hech kimga kerak emas ekanmiz” degan fikrdan yiroq bo‘lardi.

    25.01.2020, 15:01   Izoh (0)   166051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qildi

    25.01.2020, 13:33

    O‘zbekistonlik diplomat Yaponiya Imperatori ordeniga sazovor bo‘ldi

    25.01.2020, 12:55

    Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalasi muhokama qilindi

    25.01.2020, 10:55

    O‘zbekiston rasmiylari Tomskka yetib bordi. U yerda 11 o‘zbekistonlik yonib ketgandi

    25.01.2020, 10:36

    Butun Navoiy shahri bepul Wi-Fi bilan qoplanadi

    25.01.2020, 09:54

    AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo fevral oyida O‘zbekistonga keladi

    25.01.2020, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.