Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining chet eldagi vakolatxonalari aralashuvi bilan 2019-yil davomida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining jami 578 564 dollar hajmidagi ish haqlari xorijiy ish beruvchilardan undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Xorijiy ish beruvchilardan undirib berilgan ish haqining 477 237 dollari Janubiy Koreyada, 101 327 dollar esa Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)