• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Uni ko‘rganda o‘zbek qizlari o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Burak O‘zchivit 35 yoshga to‘ldi (fotomaqola)

    Bugun, 24-dekabr o‘zbek kino ixlosmandlariga“Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi” ,“Choliqushi” (2013-yil) seriallari, “Mening akam” filmi bilan ma’lum bo‘lgan turk yulduzi Burak O‘zchivitning tug‘ilgan kuni. Aktyor 2019-yilning fevral oyida Toshkengta tashrif buyurgandi va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida aylanib yurgan Burakni muxlisalari o‘rab olgani aks etgan video tarqalgan. Burak Toshkentdaligi vaqtida o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqot qilib, qariyb 380 ming dollar olgan. Shuningdek, Zo‘r TV telekanalida bir nechta ko‘rsatuvlarda ishtirok etib, o‘zbekistonlik san’atkorlar bilan suhbatlashgan.

    Foto: Instagram/Zo‘r TV

    Foto: Instagram/Zo‘r TV

    Foto: Instagram/Zo‘r TV

    Foto: Instagram/Zo‘r TV

    Bolalik yillari

    Burak O‘zchivit 1984-yilda Turkiyaning Mersin shahrida dunyoga kelgan. Otasi Byulent O‘zchivit kichik restoran egasi, onasi Jeyhan esa Burak va uning opasi Burjun tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bolaligidan og‘ir-bosiq fe’l atvor egasi bo‘lgan Burakning eng sevimli mashg‘uloti soatlab multfilm tomosha qilish bo‘lgan. U superqahramonlarni juda ham yaxshi ko‘rgan va atrofdagilariga katta bo‘lsa, “Betmen” bo‘lishini ta’kidlagan. Keyinchalik do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish, xususan, futbol o‘ynash va sport zalda shug‘ullanishni kanda qilmagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Maktabni bitirgach Burak Marmara universitetida tasviriy san’at va kino yo‘nalishida ta’lim olish bilan birga podiumlarda model sifatida chiqish qila boshlagan. 2006-yilga qadar Turkiyaning eng talabgir modellaridan hisoblangan. 2003-yilda 17 yoshli Burak “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovining  mutlaq g‘olibi, shuningdek,  “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Karyera

    O‘smirlar hayoti haqidagi “Minus 18” trilleridagi kichik ishtiroki uning aktyorlik karyerasidagi ilk roli bo‘lgan. Ushbu filmdan ko‘p o‘tmay “Oilaviy uy” kinokomediyasi, “Sotqinlik” psixologik dramasida va “Kichik sirlar” filmida rol ijro etadi. “Muhtasham yuz yil” tarixiy-biografik serialdagi Malkacho‘g‘lu Bali bey roli unga katta muvaffaqiyat olib kelgan bo‘lsa, “Choliqushi” filmining yangi talqinidagi Kamron obrazi bilan u butun dunyoga mashhur bo‘ldi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ushbu filmdan keyin u rejissorlardan suratga tushish uchun taklifni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmagan. Chunki dunyoning turli nuqtalaridagi muxlislar Burak ishtirok etgan filmlarni qayta-qayta so‘ray boshlagan. Shundan keyin “Sevgi senga o‘xshaydi” melodrammasida ishtirok etgan.

    Foto: Google Images/“Muhtasham yuz yil”

    Foto: Google Images/“Muhtasham yuz yil”

    2015-yilni esa aktyor karyerasidagi eng omadli yillardan deb hisoblasa bo‘ladi. Negaki aynan shu yili butun dunyodagi tomoshabinlar sevib tomosha qilgan, o‘zbek telekanalida “Sevgi iztirobi” nomi bilan efirga uzatilgan “Kara sevda” seriali suratga olingan. Romantik filmda Burak Neslihan Atagul bilan sevishganlar rolini ijro etib, muxlislar, ayniqsa qizlar mehriga sazovor bo‘lgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Sevgi iztirobi”dagi juftlikning hayotda munosabatlari qanday ekani kino tomoshabinlarini eng ko‘p qiziqtirgan savol hisoblanadi. Internetda ularning munosabatlari qay darajadaligi bilan bog‘liq mish-mishlarni-ku aytmasa ham bo‘laveradi. Fakt esa shuki, serialdagi voqelik va ekran ortidagi reallik tubdan farq qiladi. Burak va Neslihanni faoliyati bilan bog‘liq zo‘raki aloqalar bog‘lab turgan. Do‘stona boshlangan munosabatlardan keyinchalik asar ham qolmagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shaxsiy hayot

    O‘zchivit 2014-yilga qadar mashhur turk jurnalistining qizi, fotomodel Jeylan Chapa bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan, biroq Jeylanning asossiz rashki tufayli juftlik ajrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jeylanning turli gumonlar sabab suratga olish maydonchasiga bostirib kelishi, ishonmasligi aktyorni asabiylashtirgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Choliqushi” serialining suratga olish ishlari boshlanganda aktyor bo‘lajak rafiqasi Faxriye Evjan bilan tanishadi. “Senga o‘xshagan sevgi” melodrammasida birgalikdagi ishtiroki vaqtida ular orasida iliq munosabatlar paydo bo‘la boshlaydi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Faxriye o‘ziga yarasha qaysar fe’l-atvorga ega bo‘lishiga qaramay, Burakga nisbatan sabrli va og‘ir-bosiq munosabatda bo‘lgan. Jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda u o‘ziga yoqmagan taqdirda ham Burakning odatlariga qarshilik bildirmasligini, insonning qandayligini bilib turib tanlov qilgach, uni o‘zgartirishga urinish mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘zchivit oradan ko‘p o‘tmay Faxriyeni ota-onasi bilan tanishtirgan va ular 2017-yilning 29-iyun kuni turmush qurgan. Juftlik shov-shuvli marosim xohlamagan, lekin mashhur yulduzlar tantanasi shunchaki o‘tib ketmasligi aniq edi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    To‘y marosimi Bosfor sohili bo‘yidagi Sait Halim Pasa villasida bo‘lib o‘tgan. Tashrif buyurgan mehmonlarning o‘sha zahotiyoq ulashgan Instagram’dagi jonli efirlari, foto va videolari juftlik muxlislari sevimli kumirlarining baxtli kuni qanday o‘tayotganini virtual kuzatishiga sabab bo‘lgan. Kelin va kuyov to‘ydan so‘ng Maldiv orollariga jo‘nab ketgan. Ular 2019-yilning 13-aprelida o‘g‘il farzandli bo‘lishdi va unga Karan deb ism qo‘yishdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan yosh oila farzandi dunyoga kelganidan sakkiz oy o‘tib o‘g‘lining suratini ommaga namoyish qildi. Faxriye Evjanning Instagram sahifasiga joylangan surat o‘sha kunning o‘zidayoq ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusiga aylandi.

    Mavzuga doir: 

    • Burak O‘zchivit “Ertug‘rul: Tirilish” dagi Usmon G‘oziy roliga tayyorgarlik ko‘rmoqda
    • Toshkentda Burak O‘zchivitni ko‘rganida o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan qizlarga raqobatchi yigitlar topildi. Ular — rossiyalik bloger Guseyn Gasanovning fanatlari
    • Turkiyaning 30 yoshdan oshgan eng go‘zal 4 aktrisasi (foto)
    • “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli bilan tanilgan Kaan Urganji o‘g‘li “Baron 2” filmida bosh rollardan birini ijro etadi (foto)

    24.12.2019, 18:07   Izoh (0)   104136
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jeki Chan filmni suratga olish jarayonida cho‘kib ketishiga bir bahya qoldi

    24.12.2019, 15:50

    Reyting: 2019-yilda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari (foto)

    23.12.2019, 22:46

    Armiya “QVZ”chilari O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

    23.12.2019, 21:43

    Hojiboy Tojiboyevning yordamchisi qiziqchini “o‘ldirib yuborishgan” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video)

    23.12.2019, 14:41

    “Tezda etagingni kesib qoch, bolam”. Yulduz Usmonova Jahongir Otajonovni Turkiyada chuv tushirmoqchi bo‘lganlardan saqlab qolgani haqida gapirdi (video)

    23.12.2019, 10:42

    Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining “shogird”lari haqidagi intervyusidan so‘ng tazyiqqa uchraganini ma’lum qildi (video)

    23.12.2019, 07:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40

    Tramp Eronning yadro dasturini rivojlantirishda Obamani aybdor deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 20:30

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.