Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan quruvchilar xotirasini abadiylashtirish yuzasidan takliflar bildirmoqda.

Foto: Sputnik

#GoUzbekistan loyihasi muallifi Fazliddin Hojimuhammedov Toshkent metropoliteniga taklif bilan murojaat qildi.

“Yangi qurilayotgan metro bekatlaridan biriga ‘Quruvchilar’ nomi berilsa, olamdan o‘tgan quruvchilarimiz va hozirgilari abadiy yodimizda qolishardi”, — deyiladi murojaatda.

“Adolat” SDP ham metro bekatiga qurbonlar xotirasini abadiylashtirishni ifodalovchi nom berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.