7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi binosida Toshkent viloyatining eksport va investitsiya prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi, uy-joylar buzilishi munosabati bialn kompensatsiya to‘lovlarining to‘lanishi ahvoli, viloyatda xatlov natijasida aniqlangan bo‘sh binolar va yerga oid qonunbuzilishlar bo‘yicha tanqidiy ruhdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi a’zolari hamda Toshkent viloyati hokimi R. Xolmatov hamda tuman-shahar hokimlari ishtirok etgan.
Unda viloyatda eksport porgnoz rejasining bajarilish ahvoli qoniqarsiz holatda ekani, bu boradagi ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. 2019-yil yanvar – oyabr oylarida viloyatdagi korxonalar tomonidan 245,3 million AQSh dollariga teng eksport amalga oshirilib bu prognoz ya’nni 349 million dollarning 70 foizini tashkil qiladi.
O‘rtachirchiq, Ohangaron, Chinoz, Toshkent, Oqqo‘rg‘on, Yuqorichirchiq, Bekobod tumanlari hamda Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlarida prognoz ijrosi 60 foizga ham yetmagani tanqid qilindi. 2019-yil 1-dekabr holatiga viloyatdagi 109 ta korxonaning 40,6 million dollarlik debitor qarzdorligi aniqlangan.
Viloyatdagi uy-joylar buzilishi tufayli aholiga to‘lanadigan kompensatsiya ahvoli ham qoniqarli emas. Majlisda Yangiyo‘l, Olmaliq shaharlar, Bekobod va Yangiyo‘l tumani hokimlari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha izoh va tushuntirishlar berdi.
Izoh (0)