Pantone xalqaro tadqiqot instituti 2020-yil rangini tanladi. Bu — klassik ko‘k rang, deb yozmoqda Meduza.
“Biz yashayotgan davr iymon va ishonch talab qiladi, klassik ko‘k rang esa doimiylik va ishonch belgisi bo‘lib, unga doimo tayanish mumkin”, — deya tanlangan yil rangiga izoh bergan institut vitse-prezidenti Lauri Pressman.
O‘tgan yili Pantone talqini bo‘yicha yil rangi “optimizmga ichki ehtiyoj” ramzi hisoblanuvchi “tirik korall” bo‘lgan.
Izoh (0)