Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari 18 nafar fuqaroning elektr uchun to‘lagan pullari to‘lovni amalga oshirmagan shaxslar hisobiga o‘tkazib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan kompyuterdagi “Elektrhisob” dasturida elektr energiyasi uchun to‘langan 30 million 251 ming 307 so‘mlik mablag‘larni ularning roziligisiz, haqiqatda korxona hisob raqamiga elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirmagan 31 nafar fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovi uchun o‘tkazib yuborgan.
Bunda ular dasturda ishlash bo‘yicha o‘zlariga berkitilgan login va paroldan foydalangan. “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ushbu holat yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi shahar prokuraturasiga qonuniy baho berish va yetkazilgan zararni undirish uchun taqdim etilgan.
“Shuningdek, Qarshi shahar elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari bilan o‘zaro tuzilgan mehnat shartnomasi hozirgi kunda bekor qilinganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)