• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” tongi: Jurnalistlar bilan murosaga borgan Ortiqxo‘jayev, she’r uchun Nexia mavzusining davomi, Xivaga borgan Obeliks va 18-noyabr tongining boshqa muhim xabarlari

    Jahongir Ortiqxo‘jayev va jurnalistlar mojarosi

    Yakshanba Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ovozi yozilgan audio muhokamasi bilan o‘tdi. “Adolat”, O‘zXDP, O‘zLiDeP hokimni qoraladi, AOKA, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi o‘rganish olib borayotganini ma’lum qildi, “Milliy tiklanish” shu o‘rganishlardan keyin munosabat bildirishni ma’qul deb topdi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi esa dastlabki uch partiya kabi munosabat bildirdi. Bu orada hokimning bu qahrli so‘zlari aynan kimlarga qaratilgani ma’lum bo‘ldi — “Kun.uz” jurnalistlariga.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    17-noyabr oqshomida hokim “Kun.uz” jamoasi bilan uchrashgan. Sayt bayonotiga ko‘ra, “tomonlar o‘zaro murosaga kelgan, tahririyat hokimning ushbu vaziyat yuzasidan bildirgan mulohazalarini qoniqarli deb topgan”. Shuningdek, “Kun.uz” jamoatchilikdan ushbu masalani ortiq muhokama qilmaslikni so‘ragan, sababi — bu nizo turli siyosiy kuchlar va shaxslar (kimlar?) tomonidan “tor manfaatlar yo‘lida qurol sifatida foydalanilishi” mumkin.

    Is gazidan zaharlanganlar

    Namangan viloyatining Uychi tumanida 17-noyabrga o‘tar kechasi bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlagan. Hodisa oqibatida ota tuman shifoxonasiga yotqizilgan, ona va ikki farzand esa voqea joyida vafot etgan. “Qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan, oqibatda esa is gazi hosil bo‘lgan”.

    10-noyabr kuni Nukusda er-xotin is gazidan zaharlanib o‘lgani haqida xabar berilgan edi; 11-noyabr kuni Rishtonda voyaga yetmagan ikki opa-singil hammomda is gazidan halok bo‘lgan edi; 15-noyabr kuni esa Jizzaxning Do‘stlik tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlangan, oila boshlig‘i voqea joyida vafot etgan edi. Haqiqiy qahratonli kunlar esa hali oldinda...

    Shoir Bobur Bobomurodning Andijon hokimiga murojaatiga

    “Ravon mingim keladi, paxta tergim keladi” deb yozgan shoirga Andijon viloyati hokimi Nexia avtomobili sovg‘a qilgani haqidagi xabar internetda chakana shov-shuv bo‘lgani yo‘q. Shoir Sharofiddin Boltaboyevning she’riga boshqa shoir — Bobur Bobomurod munosabat bildirdi (batafsil — bu yerda). Qiziq mulohazalar: “Hokimni ham tantiligi tutdi, ‘Ravon’ nima bo‘libdi — Andijonda ‘Ravon’ chiqadi, bervorishibdi. Mayli, hamma shoirga bersin. Odamlarga iltimos qilaman, bunaqa yomon, g‘arazli gaplarni aytmanglar. Tasavvur qilinglar, Sharofiddin aka lotereya o‘ynadi, lotereyada shu mashinani yutdi. Omadini bersin, bizga ham nasib qilsin”.

    Obeliks — Xivada

    O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi etib tayinlangan mashhur aktyor, Asteriks va Obeliks haqidagi filmlarda baqaloq Obeliks roli bilan tanilgan Jerar Depardye Xivaga boribdi (avvalroq u Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lgani, shuningdek, Buxoroda Poi Kalon majmuasiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi).

    Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti

    Foto: Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti

    O‘z davrida O‘zbekistonning eng qudratli xonimlaridan biri bilan duet ham kuylagan Jerar Depardye hozirda “Ipak yo‘li” hujjatli filmini suratga olish ishlari doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 26 noyabrgacha davom etadigan sayohat davomida fransuz Samarqand va Termizda ham bo‘lishi aytilmoqda.

    Dunyo notinch

    Boliviyada prezident Evo Moralesning iste’fosi talabi bilan boshlangan siyosiy inqiroz davomida 23 kishi halok bo‘lgan, 715 kishi jarohat olgan. Eronda ham 15-noyabrdan beri notinchlik — shu kuni mamlakatda benzin narxini ikki barobar oshirish to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan edi; kamida 30 kishi halok bo‘lgan, deyilmoqda. Tbilisida ham namoyishlar, minglab odamlar hukumatni va’dabozlikda ayblamoqda — saylov qonunchiligiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha va’da bajarilmagani norozilikka sabab bo‘lgan.

    Shinjonning noodatiy rahbarlari haqida

    The New York Times Xitoyning Shinjondagi qatag‘on siyosati va uyg‘urlar/musulmonlarni qayta tarbiyalash uchun qurilgan konslagerlar haqida ulkan eksklyuziv material e’lon qildi. “Maqolaning o‘ziga xoslik shundaki, u to‘liq xitoylik bir vijdonli amaldor tomonidan taqdim etilgan maxfiy hujjatlarga asoslangan”, — deb yozadi “Tashqarida” kanali.

    Masalan, Shinjonning Yorkent nohiyasiga rahbar etib tayinlangan Vang familiyali xitoylik uyda Qur’on saqlashning yomon joyi yo‘q deb hisoblagan, konslagerlardagi 7 mingdan ortiq tutqunni qo‘yib yuborgan va hokazo. Oxir-oqibat u “partiya ichki buyruqlariga bo‘ysunmaslik” aybi bilan hibsga olingan.

    Naggetslar Robin Gudi

    Kanadalik bloger Kodi Bondarchuk kuni kecha bir “jinoyati”ni tan olibdi — u avvallari, McDonalds’da ishlagan vaqti mijozlarning porsiyasiga har doim yashirincha 11-naggetsni qo‘shib qo‘ygan (o‘zining qo‘shimcha qilishicha, bu xatti-harakati kompaniyaga taxminan 1600 dollar zarar keltirgan bo‘lishi mumkin).

    https://twitter.com/Chuckgofer/status/1195863936878436359

    Bondarchukning bu tviti bir lahzada ommalashib, arzimas vaqt ichida 800 mingdan ortiq retvit yiqqan; kommentlarda foydalanuvchilar uni maqtovlarga ko‘mib tashlashgan (“U — qahramon!”) — oxir-oqibat uning o‘zi ham maqomini “Naggetslar Robin Gudi” deb o‘zgartirib qo‘ygan. McDonalds’ning o‘zi hozircha jim.

    18.11.2019, 07:44   Izoh (0)   29822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zi haqorat va tahdid qilgan jurnalistlar bilan uchrashdi. Tushunmovchilikka barham berilgani ma’lum qilindi

    18.11.2019, 06:47

    “Otasi borlar, otangizni ehtiyot qiling”. Farzandning otaga mehribonligi haqidagi video

    17.11.2019, 15:56

    O‘zbekistonda 18-noyabr—Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan piyoda yurish marafoni o‘tkazildi (foto)

    17.11.2019, 14:28

    Chilonzorda Nexia haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi (video)

    17.11.2019, 13:56

    Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi (foto)

    17.11.2019, 13:35

    Namangan shahrida hokimning uch nafar o‘rinbosari almashdi

    17.11.2019, 13:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.