• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Tilga mas’ul Abdugappor Kirgizbayev, yo‘ldagi “vafli”. “Baranlar”, “bedolaga” va “petux” kim?

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Bugun o‘nlab saytlar, kanallar va blogerlar OAV vazifasini bajarmoqda. Ammo o‘quvchilarning e’tirofiga eng munosibi qaysi? “Sof.uz” sayti so‘rovnoma o‘tkazib, bunga oydinlik kiritdi. Unda “Daryo” nashri to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. So‘rovnomada o‘zbek tilida axborot tarqatadigan saytlar nazarda tutilgan. Birinchi o‘rinda “Kun.uz”, ikkinchi o‘rinda “Sof.uz”, uchinchi o‘rinda “Azon.uz” qayd etildi.

    Xo‘sh, eng yaxshi bloger kim? “Sof.uz” versiyasiga ko‘ra, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev eng yaxshi blogerdir. Ikkinchi o‘rinda Nurbek Alimov, uchinchida taniqli ulamo Mubashshir Ahmad turadi. Aytish lozimki, so‘rovnomada o‘zbekzabon blogerlar nazarda tutilgan. Tabiiyki, internetdagi faolligi asosiy mezondir. “Daryo” muharrirlari Eldor Asanov va Muhrim A’zamxo‘jayev ham eng yaxshi blogerlar o‘nligidan joy olgan.

    Respondentlar eng yaxshi kanal deb islomiy bilim ulashuvchi “Zikr ahlidan so‘rang” kanalini tan olgan. Ikkinchida eng yaxshi bloger Xushnudbekning “Xushnudbek.uz”, uchinchida “Fayzbog.uz” kanallaridir.

    * * *

    Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi xodimi mahalliy ishchilarni “baran” deb so‘kkani videosi tarqalib ketgach, internet foydalanuvchilar junbushga keldi. Keyinroq kompaniya texnika xavfsizligi qoidalari qo‘pol buzilgani uchun bu voqea bo‘lgani haqida bayonot bergan bo‘lsa-da, ungacha “Adolat”, XDP, O‘zLiDeP hamda “Yuksalish” umummilliy harakati fursatni boy bermay, bildirgan munosabatida haqoratchi xodimni qoralab chiqdi.

    “Lukoyl” o‘z xodimi Ivan Shilov axloqiy qoidalardan chetlashganini tan olgan. Shu sababli Ivan Shilov “Lukoyl”ning Ishbilarmonlik etikasi bo‘yicha komissiyasining Moskvadagi yig‘ilishiga chaqirilgan.

    * * *

    Shu yilning 21-oktabrida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilingan edi. Davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring qilish, sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish departamentning asosiy vazifasi sanaladi. Qisqa qilib aytganda, o‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishga mas’ul sanalgan departamentga Abdugappor Kirgizbayev mudir etib tayinlandi.

    * * *

    Bu hafta tasodifiy audio va videolarga boy bo‘ldi. Farg‘onada chegarachilar bir o‘smirni beysbol tayog‘i bilan kuppa-kunduzi kaltaklagani videosi jamoatchilik tarafida qahr bilan qarshilandi. Bu voqea Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ida yuz berganligi keyinchalik anglashildi.

    Skrin: “Daryo”

    DXX chegara qo‘shinlari keyinroq bildirgan munosabatida o‘smir “chegarachilarning buyrug‘iga bo‘ysunmagani”, “chegarachilarni haqorat qilgani”, “avval ham noqonuniy buyum olib o‘tgani” iddao qilingan. Biroq videodagi o‘smir chegarachining “to‘xta” buyrug‘iga to‘xtaganining o‘zi bu da’volarni shubha ostiga oladi.

    * * *

    Shirin pechenye vaflidan yo‘llardagi tirbandlikning oldini olishda foydalanish mumkinmi? Mumkin ekan. Toshkentda tirbandlik ko‘p yuz beruvchi chorrahalarda sariq ranglik katak to‘rtburchak shaklidagi yo‘l chizig‘i joriy etilyapti. Harakat yo‘lagida tirbandlik hosil bo‘lgan bo‘lsa, haydovchi chizma ustida harakatlanmasdan to‘xtaydi va orqadagi avtomobillarni ham to‘xtashga majbur qiladi.

    Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

    Chorrahadagi tirbandlik nimadan chiqadi? Ma’lumki, svetofor ishlaganda, hatto YPH inspektori harakatni boshqarayotganda ham ayrim shoshqaloq haydovchilar ishorani kutmay “tezda o‘tib ketish” uchun chorrahaga tiqiladi. Bu holat esa chorrahadan o‘tayotgan boshqa mashinalarga muammo tug‘diradi. Endi biror-bir haydovchi vaflisimon to‘rtburchakning ichida qolib ketishi mumkin emas, to‘xtamay burilishiga ko‘zi yetsagina chorrahaga kirishi shart. “Vafli” ichida qolib ketgan haydovchini yaxshigina jarima kutadi.

    * * *

    Urganchdagi faoliyati sababli ruhiy kasallar shifoxonasiga joylangan bloger Shabnam Olloshukurova yuzasidan AOKA direktori Komil Allamjonovga savol berildi. 12-noyabr kuni matbuot anjumanida jurnalist Jamshid Niyozov doimiy tarzda tanqidiy chiqishlar qilib turgan Shabnam Olloshukurovaga ruhiy buzilish bo‘yicha qo‘yilgan tashxisni istalgan odamga qo‘yish ehtimoli borligiga e’tibor qaratib, bundan keyin boshqalarga ham bunday tashxis qo‘yilmasligi qay darajada kafolatlangani bo‘yicha Allamjonovga savol berdi. Allamjonov tanqidchilarning hammasi ham shu ko‘yga tushmasligi haqida gapirdi, Olloshukurovani faqat shu voqea ortidan taniganini aytdi, sovetlar davridagi narsalar qaytmayotganini ma’lum qildi va oxirida “Bu haqiqiy provokatsion savol” dedi.

    Uning savolga provokatsion tus berishi jurnalistlar orasida qator e’tirozlar uyg‘otdi.

    * * *

    Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashi ikkinchi bosqichi 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistoni termasiga qarshi bahs olib bordi. Avvaliga yutayotgan O‘zbekiston terma jamoasi keyinroq o‘z uslubiga qaytdi va 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Muxlislarning hafsalasini pir qilgan bahsdan so‘ng murabbiy Vadim Abramov “Natija yomon, ammo kurashishda davom etamiz” dedi. Arablar murabbiyi esa uch oydan beri tinmay shug‘ullanayotgani haqida gapirdi.

    * * *

    Aslida biror mansabdorning haqoratli audiosi chiqishi katta yangilik bo‘lmay qoldi. Xalq navbatdagi oddiy hodisadek qabul qilmoqda, zotan hokimiyat tizimida haqoratlar haqiqatan oddiy holdir. Biroq O‘zbekiston davlat tizimida bu me’yorga aylanishini istamaydigan afkor omma bor ekanki, ommaviy axborot vositalari keng yoritmoqda va jamoatchilik muhokama qilmoqda.

    Ikki kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarni Farg‘onaning “tili shirin” hokimi Shuhrat G‘aniyevning fermerning soqolini qirish haqidagi tahdidli topshirig‘i portlatgan bo‘lsa, kecha Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev uloqni ilib oldi. Audioda hokimbuva g‘azabini jurnalistlarga yo‘naltirgan. Ularni prinsipsizlikda ayblagan, o‘g‘rilar jargonida “bedolaga”, “petux” degan. Ularni gey deb e’lon qilish, mahalla-ko‘yda yurolmaydigan qilib qo‘yish bilan tahdid qilgan. Umuman “yo‘qolib qolishi” mumkinligini eslatgan.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev.
    Foto: O‘zA

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘rilishini so‘rab chiqdi. AOKA esa jurnalistlar himoyachisi sifatida “Biz vaziyatdan xabardormiz, tegishli choralar ko‘rilmoqda”, dedi. XDP Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidini xalq va davlatga hurmatsizlik deb atadi. “Milliy tiklanish” esa audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmaguncha unga munosabat bildirishdan bosh tortdi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi voqif bo‘ling.

    17.11.2019, 18:54   Izoh (0)   103674
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Otasi borlar, otangizni ehtiyot qiling”. Farzandning otaga mehribonligi haqidagi video

    17.11.2019, 15:56

    O‘zbekistonda 18-noyabr—Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan piyoda yurish marafoni o‘tkazildi (foto)

    17.11.2019, 14:28

    Chilonzorda Nexia haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi (video)

    17.11.2019, 13:56

    Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi (foto)

    17.11.2019, 13:35

    Namangan shahrida hokimning uch nafar o‘rinbosari almashdi

    17.11.2019, 13:14

    Toshkentda 17-noyabr kuni yarim marafon va gala-konsert bo‘lib o‘tadi

    17.11.2019, 12:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada saylovda ovoz berish yoshi 16 ga tushiriladi

    Dunyo | 18 iyul, 14:05

    O‘tiruvchi hayot tarzi asrida umurtqa pog‘onasini qanday asrash mumkin? Neyrojarroh maslahatlari

    Maslahatlar | 18 iyul, 13:45

    Andijonda transformator chaqnashi oqibatida 4 yoshli qizchaning yuzi kuyib ketdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 13:40

    Sibir o‘zbeklarning tarixiy vatani ekanini aytgan deputat mandatidan voz kechdi

    Dunyo | 18 iyul, 13:35

    Depressiyaga qarshi oddiy va arzon vositalar aniqlandi

    Ilm-fan | 18 iyul, 13:30

    APL o‘yinlari 2030-yilga qadar O‘zbekiston hududida qaysi telekanalda namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 13:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.