Davomi: Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qaysi muxbirlarga tahdid qilgani ma’lum bo‘ldi
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv masalasiga oydinlik kiritish va uni har tomonlama o‘rganish maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilganini xabar qildi. Hokimlik ham o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi birinchilardan bo‘lib ushbu audiyozuvga munosabat bildirdi. Partiya holatni inson huquqlari va uning sha’ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilishi deb hisoblashini ma’lum qildi.
AOKA audioyozuv bo‘yicha o‘rganish olib borilayotgani hamda o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Xalq demokratik partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidini xalq va davlatga hurmatsizlik deb baholagan bo‘lsa, “Milliy tiklanish” audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmagunga qadar unga munosabat bildirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq audioyozuv bo‘yicha huquq-tartibot idoralari o‘z xulosalarini bildirishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir:
- Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalistlarni yo‘q qilish bilan tahdid qildi (audio)
- “Adolat” partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tarqagan audiosiga munosabat bildirdi
- AOKA Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish tahdidi haqida: “Biz vaziyatdan xabardormiz, tegishli choralar ko‘rilmoqda”
- XDP Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidini xalq va davlatga hurmatsizlik deb atadi
- “Milliy tiklanish” esa audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmaguncha unga munosabat bildirishdan bosh tortdi
- Jurnalistlar uyushmasi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq audioyozuv bo‘yicha huquq-tartibot idoralari o‘z xulosalarini bildirishi kerakligini ma’lum qildi
Izoh (0)