Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) kengashi raisining taklifiga binoan joriy yil 20—22-noyabr kunlari Tanzila Norboyeva rahbarligida Oliy Majlis delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.
Senat matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tashrif doirasida delegatsiya MDH PA kengashining navbatdagi majlisida va MDH PAning elliginchi yalpi majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif doirasida “Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish, bu sohada muvaffaqiyatli strategiyalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)