“Qamchiq” dovonining “Vodiy—Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi 15-noyabr kuni A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining 227 kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketdi.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joyiga zudlik bilan “Beshqo‘l” navbatchilik qismi yetib borgan.
Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan M.N. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ag‘darilib ketgan.
Birinchi navbatda qutqaruvchilar tomonidan haydovchiga psixologik yordam ko‘rsatilgan. So‘ng ag‘darilgan yuk mashinasi handaqdan chiqarilib, evakuator yordamida belgilangan manzilga jo‘natib yuborilgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.
Izoh (0)