Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga kelgan va ketgan shaxslar haqida ma’lumot berdi.
Ushbu statistikada qozoq millatiga mansub kishilar O‘zbekistondan eng ko‘p ko‘chib ketayotgani aytiladi. Yil boshidan beri 10,500 kishi O‘zbekistonni butunlay tark etgan.
Immigrantlar orasida eng ko‘p ulushni tarixiy o‘lkalariga ko‘chib kelgan qozoqlar egallagan — 60 foiz.
O‘zbekistondan qozoq millatiga mansub aholining 37 foizi Rossiyaga ko‘chib ketgan. Asosiy ko‘chib ketuvchilar Toshkent va yondosh viloyatlarga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)