So‘nggi kunlarda tadbirkorlar orasida “konvertatsiya yana cheklanadi”, degan gap-so‘zlar tarqaldi. Import bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar konvertatsiya cheklanishidan xavotirda ekanligini bildirmoqda. O‘zA mazkur masala yuzasidan Markaziy bank rahbariyatiga murojaat qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki konvertatsiyaga cheklovlar bo‘lishi mumkinligi borasidagi shov-shuvlar asossizligini bildirdi. O‘zbekistonda konvertatsiyaga cheklovlar qo‘yilmaydi.Markaziy bank rahbariyati vakili O‘zbekiston 2017-yilda imzolangan farmondan hech qachon chekinmasligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-sentabrda “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan.
Izoh (0)