Voqea Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ida yaqin kunlarda sodir bo‘lgani aytilmoqda. Xalq tilida ushbu hudud “Do‘m ko‘cha” deyiladi.
Ushbu videoda mashinada o‘tirgan yigitlar tomonidan yashirincha tasvirga olingan. Unda harbiy formadagi, qora maska taqqan chegarachilar avtomobillarni nazorat qilayotgani ko‘rish mumkin.
Askarlar yomon so‘zlar bilan so‘kib, fondagi ovozlardan kimdir kaltaklangani bilinib turibdi. Shu paytda mashinadan o‘smir bola tushib ketmoqchi bo‘ladi. Uning ortidan chegarachilardan biri “Ushla!” deb baqiradi.
Bola qo‘rqqanidan to‘xtab qolganida, uning oldiga sport formasidagi niqobli yigit kelib, qorniga va boshiga zarba beradi, so‘ng harbiy formadagi boshqa niqobli shaxs beysbol tayog‘i bilan bel sohasiga uradi. So‘ng sport kiyimidagi niqobli o‘smirni sochidan ushlab sudrab olib ketadi.
Shundan keyin fuqarolar 40 238 USB davlat raqamli “UAZ” avtomobiliga chiqariladi.
“Manbalarning aytishicha, chegara posti yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan. Postdagi chegarachilar ko‘pincha o‘zlarini tanitmaslik uchun maska taqib olishmoqda. O‘tib ketayotgan har bir mashina tekshirilib, bo‘ysunmaganlar jazolanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)