Angliya terma jamoasi a’zosi Aleks Oksleyd-Chemberlen “Liverpul”ning oktabrdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Aleks bu yo‘lda Fabinyo hamda Sadio Manelarni ortda qoldirishga erishdi.
26 yoshli yarim himoyachi o‘tgan oyda klub safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasiga gol urishga erishdi. Jumladan, “Genk” (4:1) darvozasiga ikkita, “Arsenal”ga qarshi bahsda ham bitta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)