Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Xoniyon mahallasida yashovchi voyaga yetmagan yigit o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2004-yilda tug‘ilgan R.A. ismli yigit kanalga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)