Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Turkiyaga safarini boshqa muddatga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda The Hindu umummilliy gazetasi xabar qilgan.
Hind tomonining safarning qoldirishiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning BMT Bosh assambleyasida Hindistonning Kashmirdagi harakatlarini keskin tanqid qilgani sabab bo‘lishi mumkin.
Turkiyada ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish g‘oyasi shu yilning iyun oyida Osakada o‘tgan G20 sammitida tug‘ilgan. Modining Turkiyaga safari yil oxiriga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Hindiston tashqi ishlar vaziri safar yuzasidan aniq sanalar ma’lum qilinmagani sababli, aslida rejalashtirilmagan uchrashuvni bekor qilish mantiqqa zidligini qayd etdi.
Gazetaning yozishicha, safarning bekor qilinishi Hindiston Turkiyaga qarshi boshlagan tadbirlarining bir qismi, xolos. Hindlarning keyingi qadami Turkiyaning Anadolu Shipyard kompaniyasiga berilgan qiymati 2,3 milliard AQSh dollariga teng beshta kema buyurtmasini bekor qilish bo‘ladi.
Izoh (0)