O‘zbekiston gidrometeorologiya markazi 19-oktabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
19-oktabr kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3—8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8—10 daraja, kunduzi 23—25 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘Iston Respiblikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja, kunduzi 20—25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamolning sharqdan 7—12 m/s tezlikda esishi, haroratning kechasi 5—10, kunduzi 20—25 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esib, harorat kechasi 5—10, kunduzi 20—25 darajani tashkil qiladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 8—13, kunduzi 22—27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10, kunduzi 20—25 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja iliq bo‘lsa, kunduzi 15—20 darajani tashkil qiladi.
Izoh (0)