“Milan” bosh murabbiyi Marko Jampaolo o‘z lavozimidan ozod etildi, deya ma’lum qilmoqda klub rasmiy sayti.
Mutaxassis 19-iyunda “Milan” boshqaruviga kelgandi. Jampaolo jamoa bilan A Seriya 7 turida to‘rt bor mag‘lubiyatga uchragan holda 9 ochko to‘pladi. Italiyalik mutaxassis “Milan”da 111 kun ishladi va bu klub tarixidagi eng qisqa muddat hisoblanadi.
Italiya OAVda xabar qilinishicha, uning o‘rnini Stefano Pioli egallaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)