Joriy yil 20-oktabr kuni soat 10:00 da Bektemir tumanidagi maxsus maydonda avtopoyga ishqibozlari ishtirokida jip trial bo‘yicha navbatdagi musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Standart va ekstrim yo‘nalishlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqada g‘ildirak formulasi 4x4 bo‘lgan istalgan avto bilan qatnashish mumkin.
O‘zini avtopoyga ustasi deb bilgan, notekis yo‘llarda transport vositasini mahorat bilan boshqara oluvchi hamda kutilmagan vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta oladigan mohir haydovchilar ushbu musobaqada ishtirok etishi mumkin.
Buning uchun 16-oktabrga qadar ushbu saytga kirib, ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.
“O‘zbekistondagi ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqada mahoratli poygachilar va barcha qiziquvchilarni kutamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)