Daryo

Ilon Mask o‘zga sayyoraliklar borligiga ishonish-ishonmasligini aytdi

Ilon Mask koinot va o‘zga sayyoralarni tezroq zabt etishga da’vat etib, Quyosh Yer sayyorasini butkul vayron qilishiga “atigi 700 million yil” qolganini eslatib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish88 992 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Galaktikamizda o‘zga sayyoraliklar mavjud emas. SpaceX rahbari Ilon Mask to‘liq yig‘ilgan ilk Starship raketasi taqdimotida shunday fikr bildirdi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: AP
SpaceX rahbariga ko‘ra, harbiylar o‘zga sayyoraliklarni yashiradigan “51-zona” haqidagi gap-so‘zlar ommalashgan memdan bo‘lak narsa emas.
“Bilishimcha, biz yagona aqlli tirik mavjudot bo‘lsak kerak. Balki boshqa joylarda hayot bordir, lekin uning alomatlarini ko‘rmadik. O‘zga sayyoraliklar haqida so‘rasangiz, ular bor-yo‘qligini o‘zim ham bilishni istardim”, — dedi Ilon Mask.
Ilon Mask koinot va o‘zga sayyoralarni tezroq zabt etishga da’vat etib, Quyosh Yer sayyorasini butkul vayron qilishiga “atigi 700 million yil” qolganini eslatib o‘tdi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar