• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Kuper, “zamhokim” va Kubatin ozod qilindi, Human’chi, tuyaqushchi va DXXchilar ozodlikdan mahrum qilindi. QQS – Alixo‘ja, Xo‘jaali

    Ushbu hafta huquqiy mavzularga boy bo‘lgani bizni hayron qoldirdi. Kimlardir ozod qilingan, yana kimlardir ozodlikdan mahrum qilingan.

    Janob Kuperni kuzatdik. O‘FAning aytishicha, shartnoma bekor qilindi. Uning o‘rnini Vadim Abramov egalladi.

    Kuper bilan 2018-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 30-noyabrigacha, JCh—2022 saralash sikli uchun shartnoma tuzilgandi va agar terma jamoa JChga yo‘llanma olsa, shartnoma turnir oxirigacha uzaytirilishi mumkin edi. Ektor Kuper MTJni boshqargan davrida 17 ta o‘yindan yettita g‘alaba, to‘rtta durang va oltita mag‘lubiyat kuzatildi.

    Kuper bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, u agar ishdan bo‘shatiladigan bo‘lsa, 7 million yevro kompensatsiya olishi kerakligi haqida yozilgandi. O‘FA esa faqat 5 million berishga rozi bo‘ldi. Kuperning yillik maoshi – 2 million evro.

    Vadim Abramov.

    Vadim Abramov.
    Foto: “Neftchi”

    Xo‘sh, Vadim Abramovga odamlar qanday umid bog‘lamoqda? Aytish kerakki, “Kuperdan so‘ng kim murabbiy bo‘lishini istaysiz?” degan so‘rovnomalarda Abramov birinchi o‘rinni oldi. @muhrim yozishicha, “yo‘q bo‘lib ketadi, tarqalib ketadi, faqat yutqazadi endi” deyilgan kollektivni tuppa-tuzuk, futbol o‘ynashni biladigan jamoaga aylantira olgan, biroq og‘zi oshga yetganda nuqul yer tishlab qoladi, ammo undan umid katta va omad tilash o‘rinli.

    * * *

    “Kun.uz” jurnalistini “ushlang, prokuraturaga bervoramiz” deb quvlagan, uskunasini sindirib tashlagan “zamhokim” esingizdami? Uning bu qilmishini prokuratura “kasb etikasiga mos” deb xulosa berdi va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qildi. Biroq u “Kun.uz” muxbiri Rahmatillo Isroilovni ta’magirlikda ayblab videointervyu ham bergan, muxbir esa uni nohaq ayblagani uchun Bosh prokurorga murojaat yo‘llagandi. Biroq xulosa berganlar bunga to‘xtalmagan. “Kun.uz” ochiq qolgan savollarni yoritish xususida bayonot berdi.

    Bu haftada “zamhokim” Abdurasul Vahobov ishdan ketdi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bunga munosabat bildirib, uning oila a’zolarini “internetda bo‘layotgan bo‘hton gaplar va salbiy izohlarga e’tibor qilmaslikka” chaqirdi.

    Biroq Abdurasul Vahobovning qilmishi yuzasidan bahslar tingani yo‘q. Taniqli bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev zamhokim “katta pora berilishi haqidagi taklifni yashirib”, baribir qonunni buzganini ta’kidladi va mutasaddi organ xulosasini kulgili deb atadi. AOKA bosh direktori Komil Allamjonov “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi har bir jurnalist va blogerni uning huquqlari buzilishidan himoya qilishni davom ettiradi” deb yozdi. Davlat boshqaruvi akademiyasi dekani, fan doktori Otabek Hasanov “Agar jamiyatda yana shunday hokim o‘rinbosari chiqsa, bizga qiyin bo‘ladi. Demak, boshqa chiqmasligi (chiqishi mumkin boshqa muammolar bilan), xuddi shu muammo qaytarilmasligi uchun bu kabi holatlarga tezda yechim berishimiz darkor”, dedi.

    * * *

    Soliq siyosatini yanada takomillashtirish sari navbatdagi qadam bosildi. O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi 5 foizga pasaytiriladi, foyda solig‘i stavkasi esa 3 foizga oshiriladi. Aytilishicha, O‘zbekiston 2008-yilgi global inqirozdan so‘ng QQS stavkasini sezilarli pasaytirayotgan jahondagi ilk mamlakat bo‘lmoqda. Biznesmen Zafar Hoshimovning fikricha, stavkaning pasaytirilishi “yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga va budjet yig‘imlarining sezilarli oshishiga olib keladi”. Iqtisodchi Qahramon Aslanovning fikricha esa “Soliq stavkalaridagi o‘zgarishlar tadbirkorlarga yengillik berish yo‘lidagi ijobiy qadam, ammo bu islohotlar  korrupsiya, monopoliya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash bilan bog‘liq holda, aholi manfaatlarini eng yuqoriga qo‘yish prinsiplari asosida amalga oshirilmasa, yagona ta’siri budjet kamomadida namoyon bo‘ladi, xolos”.

    * * *

    26-sentabr kuni o‘zbekistonlik yosh olim, turkologiya mutaxassisi, 2017-yili davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olingan Andrey Kubatinning ishi Toshkent viloyati sudida ko‘rib chiqildi. Kubatin to‘liq oqlandi va sud zalidan ozod etildi.

    Andrey Kubatin.

    Andrey Kubatin.
    Foto: Facebook / Andrey Kubatin

    Kubatin Turkiya fuqarosiga davlat siri aks etgan hujjatlarni berib yuborishda ayblangan, ammo bu ayblov sudda isbotlanmadi. O‘zbekistonlik va xorijlik olimlar, huquqshunoslar, Kubatinning yaqinlari va hamkasblari aytgan ko‘plab e’tirozlar, turli instansiyalarga yo‘llangan murojaatlardan so‘ng ish qayta ko‘rib chiqilib, u ozod qilindi. O‘zbekiston Ombudsmani Andrey Kubatin ishi bo‘yicha bayonot berib sud qarorini olqishladi.

    * * *

    O‘zbekistonda chuqur ildiz otgan ishsizlik manzarasida fuqarolar chet ellarga ish qidirib turli “marat”larning qo‘liga tushib haqqini undirolmay qolgan holatlar o‘nlab yillar davomida yuzlab marta kuzatilgan. So‘nggi yillarda davlat chetga ishga yuboruvchi agentliklar faoliyatini rivojlantirib fuqarolarga yengillik yaratishni maqsad qildi. Biroq endi “maratchasiga” ishlarni ushbu agentliklar qilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan haftada Toshkentda 52 kishining arizasi asosida Human xususiy bandlik agentligi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    O‘zi nima bo‘lgan? Arizachilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida taqdim etilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan Human bandlik agentligi MChJ bilan 2018-yilning noyabr oyidan 2019-yilning sentabr oyigacha shartnomalar tuzgan. Human ularni Yevropa davlatlarida, xususan, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Turkiya, Bolgariya va Litvada ishga joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Buning uchun har bir arizachi MChJning hisob raqamiga 18 dan 35 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni ko‘chirgan. Shu tarzda Human bandlik agentligi MChJning hisob raqamiga 52 nafar arizachidan umumiy miqdorda 1 670 500 000 so‘m kelib tushgan. Biroq ularning hech biri chet elda ishga joylashtirilmagan.

    * * *

    27-sentabr kuni DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Ixtiyor Abdullayev 2019-yil fevralida Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan, bunga rasman uning sog‘lig‘i yomonlashgani, so‘nggi bir yil davomida ikki marta og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgani sabab qilib ko‘rsatilgan edi. Keyinroq, 2019-yil may oyida Abdullayevning “poraxo‘rlik botqog‘i”ga botgani haqida maqolalar paydo bo‘ldi, iyunda esa Bosh prokuratura Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi ochilganini tasdiqlagandi.

    Sud hukmi bilan uning o‘rinbosar va maslahatchilari ham 5 yildan 16 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

    Ushbu ish Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Otabek Umarovga topshirilgani aytilgan.

    * * *

    25 yoshli o‘zbek milliarderi deb tavsiflangan, innovatsion biznes loyihalar sohibi, O‘zbekiston Liberal partiyasi faol a’zosi Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi. U Straus House kompaniyasini tashkil etib, tuyaqushchilikni rivojlantirayotgan, O‘zbekistonda tuyaqushchilik serdaromad soha ekanini tadbirkorlarga uqtirayotgan edi.

    Ibrohim Isroilov.

    Ibrohim Isroilov.
    Foto: Straus House

    “Strausxaus”chilar Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan 2019-yilning yanvar-aprel oylari davomida 90 kun muddat ichida Janubiy Afrika Respublikasidan Ostrich zotli tuyaqush jo‘jasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalar rasmiylashtirish orqali ularning ishonchiga kirib, respublikaning turli viloyatlarida yashovchi 300 dan ortiq fuqaroning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj etishda gumon qilinmoqda.

    Hozir tergov ishlari ketyapti.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    29.09.2019, 15:03   Izoh (0)   55619
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent jahonning havosi eng iflos shaharlari reytingida 2-o‘rinni egalladi. “O‘zgidromet” ushbu ma’lumotga munosabat bildirdi 

    29.09.2019, 14:18

    O‘zbekistonda 2019-yilda salkam 3 mlrd so‘mlik import mahsulotining talabga javob bermasligi aniqlandi

    29.09.2019, 13:55

    “O‘zstandart” elektrotexnika importini cheklash taklifi yuzasidan tushuntirish berdi

    29.09.2019, 13:10

    MIB Andijonda gazdan noqonuniy foydalanib, davlat budjetiga 4 milliarddan ortiq miqdorda zarar yetkazganlik holatini aniqladi

    29.09.2019, 12:23

    “O‘zstandart”: Xorijda ishlab chiqarilgan tovarlarda davlat tilidagi tamg‘a yo‘qligi iste’molchilar huquqlari poymol qilinishiga olib keladi

    29.09.2019, 11:39

    Abdulaziz Komilov Fransiya sobiq prezidenti Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi

    29.09.2019, 11:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.