Boston Dynamics kompaniyasi yangi SpotMini robotlarini yetkazib berishni boshladi, deb xabar berdi Meduza.
Kompaniya o‘z Youtube kanalida robotlarga oid ma’lumotlarni joylashtirdi. Robot sekundiga 1,6 metr tezlik bilan yugurishi, Selsiy shkalasi bo‘yicha -20 daraja sovuqda va 45 darajagacha issiq haroratda ishlay olishi mumkin. SpotMini suv va changga bardoshli umumiy ko‘rinishni ko‘rsata oladigan 360 gradusli kameraga ega.
SpotMini’ning ochiq sotuvlari hali hali yo‘lga qo‘yilmaydi. Dastlabki cheklangan partiya (ayni vaqtda kompaniya ixtiyorida 20 ta tayyor robot bor) qurilish, energetika va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohalarida faoliyat yuritayotgan katta kompaniyalar ixtiyoriga beriladi. Robot qayerdan gaz sizib chiqayotganini topa oladi, avariyaviy holatdagi binolar rejasini tuzadi va quruvchilar uchun xavfli hududlarni aniqlaydi.
SpotMini’ning narxi oshkor qilinmagan. CNN ekspertlari uning qiymati yangi mashinaga teng bo‘lshi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Boston Dynamics yaqin kelajakda kamida mingta shunday robot ishlab chiqarmoqchi. SpotMini’ni xarid qilish bo‘yicha buyurtmani kompaniya saytida berish mumkin.
Izoh (0)