• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kongress Trampga impichment bilan tahdid qilmoqda. Sabab — uning Zelenskiy bilan suhbati. Ahvol ancha jiddiy

    Oq uy Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan 2019-yil 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati matnini e’lon qildi. Suhbat davomida AQSh prezidenti ukrainalik hamkasbidan 2020-yilgi Amerika prezidentligi uchun saylovlarda Demokratik partiyadan nomzod bo‘lishi kutilayotgan Jo Baydenga qarshi aksilkorrupsiyaviy ish bilan shug‘ulanishni so‘ragan. Mazkur suhbat haqidagi axborot ortidan AQSh Kongressida impichment jarayoni boshlandi — bunaqasi Trampning Rossiya bilan aloqalari sabab olib borilgan surishtiruvlardan keyin ham kuzatilmagan edi. Meduza nashri demokratlar nima sababdan impichment boshlashga qaror qilgani, bu Tramp va demokratlarning o‘zi uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tahlil qildi.

    AQSh Kongressining Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosi impichment jarayoni boshlanganini e’lon qilmoqda. Vashington, 2019-yil, 24-sentabr.

    AQSh Kongressining Vakillari palatasi spikeri Nensi Pelosi impichment jarayoni boshlanganini e’lon qilmoqda. Vashington, 2019-yil, 24-sentabr.
    Foto: Meduza

    Hammasi nimadan boshlandi?

    Impichment jarayonini boshlashga Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan 2019-yil iyulida bo‘lib o‘tgan telefon suhbati va Oq uy ushbu suhbat yuzasidan Amerika razvedkasi xodimlaridan biri bergan shikoyatni yashirishga uringanligi ehtimoli turtki bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, suhbat davomida AQSh prezidenti Ukrainaga moliyaviy yordam ajratilishi ushbu mamlakatda Xanter Baydenga qarshi aksilkorrupsiya ishi qayta boshlanishiga bog‘liqligini anglatgan (Xanter Bayden — 2020 yilgi Amerika prezidenti saylovida Demokratik partiyadan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan eng mashhur nomzod Jo Baydenning o‘g‘lidir; Jo Bayden Baraka Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo‘lgan). The Wall Street Journal (WSJ) Tramp suhbat davomida Baydenning familiyasini sakkiz marta tilga olgani haqida yozgan edi.

    Oq uy tomonidan chop etilgan rasshifrovkadan AQSh prezidenti Baydenni faqat bitta gapda tilga olgani ma’lum bo‘ldi. U haqiqatan ham Zelenskiydan surishtiruv olib borishni so‘ragan, biroq buni moliyaviy yordam ajratilishi sharti o‘laroq gapirmagan. Ayni vaqtda Oq uy tomonidan e’lon qilingan hujjatda suhbat “so‘zma-so‘z berilmagani” maxsus qayd etib o‘tilgan.

    Trampning raqiblari mazkur suhbatdan u o‘zining siyosiy raqiblari bilan bog‘liq shaxsiy muammolarini hal qilish uchun prezidentlik vakolatlaridan foydalanishga uringan degan xulosaga kelish mumkin, deb hisoblamoqda. AQSh Konstitutsiyasida vakolatli shaxslar, xususan, prezident impichmenti uchun uchta asos sanab o‘tilgan: davlatga xiyonat, poraxo‘rlik, boshqa jiddiy jinoyat va huquqbuzarliklar. Amerikalik yuristlarning ta’kidlashicha (har holda, ba’zilari shunday deydi), “jiddiy jinoyat va huquqbuzarliklar” deganda, eng avvalo, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish tushuniladi, Zelenskiy bilan bog‘liq vaziyatda esa, Tramp muxoliflarining fikricha, bu yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Boshqa bir guruh huquqshunoslarning fikricha, amalda ushbu haddan tashqari umumiy tushunchaga har safar faqat va faqat Kongress tomonidan izoh berilishi kerak.

    Trampning raqiblari nuqtai nazariga ko‘ra, ushbu axborot qay yo‘sinda jamoatchilikka ma’lum bo‘lgani ham vaziyatni AQSh prezidenti uchun yanada og‘irlashtiradi. Suhbat ustidan shikoyat Amerika razvedkasi xodimlarining biri tomonidan berilgan va AQSh razvedka xizmatlari bosh inspektori Maykl Atkinson buni ishonchli va e’tiborga loyiq shikoyat deb topgan. Biroq Atkinsonning boshlig‘i — AQSh Milliy razvedkasi direktori vazifasini bajaruvchi Jozef Maguayr (u Tramp tomonidan tayinlangan) shikoyatni Kongressga taqdim etishni rad etgan. U bu masalada maslahat so‘rab Adliya vazirligiga murojaat qilgan, vazirlikdagilar esa hujjat matnini kongressmenlarga ochiqlash shart emasligini bildirgan. Impichment tarafdorlarining fikricha, bu holatni Trampning yaqinlari tomonidan odil sudlovga to‘sqinlik qilishga urinish deb baholash mumkin.

    Trampning o‘zi bo‘layotgan voqealarni “prezidentga tegajoqlik qilish” deb atamoqda. Vladimir Zelenskiy esa, o‘z navbatida, “mustaqil davlatning prezidenti sifatida” unga faqat o‘g‘li bosim o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi.

    Lekin nega aynan hozir? Nega bu ishlar Trampning Rossiya bilan aloqalarini o‘rgangan Myullerning ikki yillik surishtiruvidan keyin bo‘lmagandi?

    Bu masalaga amerikalik siyosatshunos Jeffri Kabaservis The Guardian gazetasi uchun yozgan maqolasida to‘xtalib o‘tgan. Uning yozishicha, maxsus prokuror Robert Myullerning hisobotidan farqli o‘laroq, “Ukraina mojarosi korrupsiyaning ochiq va yashirilmagan namunasini, shuningdek, Amerika milliy xavfsizligi va saylov jarayonlariga tahdidlarni o‘zida jam qilgan” — bunda siyosatshunos Bayden 2020-yilgi saylovlarda Trampga jiddiy raqobat tug‘dirishi mumkinligiga ishora qilgan.

    Impichment jarayoni boshlangani haqida Demokratik partiya vakilasi Nensi Pelosi e’lon qildi — u Vakillar palatasi spikeri, unda shunday jarayonni boshlash vakolati bor. Pelosi 2019-yil bahorida, Myuller surishtiruvi xulosalari paydo bo‘lishidan ancha avval, Trampning lavozimdan chetlatilishiga qarshi chiqishini bildirgan edi. Amerika tarixidagi uchta impichmentning ikkitasi so‘nggi yarim asrga to‘g‘ri keladi. NPR’ning qayd etishicha, saylovchilar bu jarayonni ko‘p ham ma’qullamaydi: boz ustiga, Bill Klintonga qarshi muvaffaqiyatsiz impichmentdan so‘ng uni obro‘si avvalgidan ham oshib ketgan.

    Jarayon muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun prezidentning raqiblari, odatda, uning o‘z partiyasidagi tarafdorlarning ham ko‘magini qo‘lga kiritish kerak bo‘ladi, chunki impichment Senat a’zolarining uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz berganidagina yuz beradi. Tramp bilan bog‘liq vaziyatda bu ayniqsa muhim, negaki Senatda respublikachilar 53 ta ovozga ega, demokratlarda esa 47 ta. Bunday ko‘makni qo‘lga kiritish uchun impichment tarafdorlariga rad etib bo‘lmas dalillar kerak. Bahorda, Pelosining fikricha, shunday dalillar yo‘q edi. Demokratlar Trampga qarshi ayblovlarni ilgari surish kerakmi yoki prezidentning xatti-harakatlariga yakdil yuridik baho bera olmagan Myullerga — shu masalani hal qilishi lozim bo‘lgan bosh prokuror Uilyam Barrni qattiq tanqid qilgan edi, biroq shunda ham bir narsa aniq edi: Myullerning surishtiruvi davomida Trampning aybini aniqlab bo‘lmagan. Shunday ekan, bu holatda respublikachilar tomonda ham isyon ko‘tarilishini kutish o‘rinsiz edi.

    Biroq o‘tgan davr mobaynida Demokratik partiya ichida “Trampning ochiq-oydin ko‘rinib turgan huquqbuzarliklari”ni ortiq e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidlab kelgan impichment tarafdorlari hali ham bor edi. Oqibatda, WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Pelosi o‘z partiyasidagi ikkita shunday guruh — Tramp 2016-yilgi prezident saylovida g‘olib chiqqan okruglardan saylangan kongressmenlar (bu kongressmenlarning qayta saylanishi uchun ikkilanib turgan saylovchilarning ko‘magi zarur) va impichmentni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan yaqin hamfikrlarining bosimi ostida yon berishga majbur bo‘lgan.

    Pelosi uchun Ukraina bilan bog‘liq vaziyatda har bosqichida Trampning yuristlari bilan olishishga to‘g‘ri keladigan maxsus surishtiruvlarga hojat yo‘qligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi jarayonda Vakillar palatasida surishtiruvni mustaqil ravishda olib borish uchun yetarli darajada faktlar mavjud.

    CNN’ning yozishicha, impichment “tez orada Amerikaning siyosiy qalbi uchun kurashga aylanadi: 2020-yilda Oq uyni kim egallashi va mamlakat yaqin yillarda qay yo‘ldan yurishi saylovchilarning impichmentga bildiradigan munosabatiga bog‘liq”. Umuman olganda, ko‘plab OAVlar demokratlar Trampni hokimiyatdan chetlata olishiga shubha qilmoqda. Ammo jarayon muvaffaqiyatli kechsa, ular saylovlar arafasida Trampni keskin tushkunlikka tushirib qo‘yishi mumkin. Adolat bo‘lsin uchun ta’kidlash joiz, agar demokratlar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, o‘zlariga yomon bo‘ladi — hozir bor vakolatlardan ham mahrum bo‘lishlari hech gap emas.

    Impichment jarayoni qadamba-qadam qanday kechadi?

    Surishtiruvlarning boshlanishi↓Vakillar palatasining olti qo‘mitasiga surishtiruv bilan shug‘ullanish haqida topshiriq bergani hamon Pelosi birinchi qadamni qo‘yib bo‘ldi. Qo‘mitalar dalillarni to‘plab, guvohlar bilan savol-javob qiladi.

    Dastlabki surishtiruv↓Mavjud dalillar to‘plangach, yuridik qo‘mita ushbu dalillar Trampni iste’foga chiqarish uchun qanchalik yetarli ekani haqida qaror qabul qiladi. Boshqachasiga aytganda, uning harakatlarini “jiddiy jinoyat va huquqbuzarliklar” deb baholash mumkinmi-yo‘qmi, shunga aniqlik kiritadi. Agar qo‘mitaning ko‘pchilik a’zolari ma’qullab ovoz bersa (qo‘mitaning 24 a’zosi demokrat, 17 nafari esa respublikachi), Kongressning butun tarkibi bilan ko‘rib chiqish uchun aynan qaysi ayblovlar muhokamaga olib chiqilishi ham hal qilinadi.

    Vakillar palatasidagi ovoz berish jarayoni↓Agar shu yergacha yetib kela olishsa, bu impichment tarafdorlari uchun eng oson bosqich bo‘ladi: shunchaki ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritishsa bas. Hozir demokratlarda 235 ta ovoz bor, respublikachilarda esa 199 ta, yana ikki kongressmen esa ikki katta partiyaning hech biriga mansub emas.

    Senatdagi eshituvlar↓Bu bosqichda Senat ish bo‘yicha to‘laqonli eshituvlar bo‘ladigan sudga aylanadi: Vakillar palatasi delegatlari qoralovchilarga, prezidentning yuristlari — advokatlarga, senatorlar esa maslahatchilar hay’ati rolini o‘ynaydi. Ayni vaqtda, oddiy sudlardan farqli o‘laroq, jarayon qanday kechishini Senatning o‘zi hal qiladi. Slate nashrining yozishicha, Tramp bilan bog‘liq vaziyatda senatorlar, katta ehtimol bilan, prezidentning ustidan shikoyat qilgan razvedka xodimini yoki Xanter Baydenni ham ko‘rsatma berishga chaqirish kerakmi-yo‘qmi, deb uzoq tortishadi.

    Yakuniy ovoz berish↓Bu yerda ham hammasi oddiy: prezidentni chetlatish uchun Senat a’zolarining uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz bersa kifoya. Shunday bo‘lsa, prezidentning vakolatlari yangi saylovlarga qadar AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens zimmasiga o‘tadi.

    Impichment jarayoni to‘xtalishi mumkinmi?

    Nazariy jihatdan — ha. Lekin ehtimoli juda ham past ikki holatda. Birinchisi, demokratlar to‘plangan dalillar yetarli emas, deb qaror qilsa — lekin hozirgi holatda ular jarayonni barcha faktlar ochiq-oydin ko‘rinib turgandek, yangi ma’lumotlar esa prezidentning ahvolini og‘irlashtiradigandek juda ishonch bilan boshladi. Ikkinchi holat — Trampning o‘zi iste’fo bersa, xuddi 1974-yili Richard Nikson Kongressdagi eshituvlar boshlanguniga qadar o‘rnini bo‘shatgani kabi. Katta ehtimol bilan, na birinchi va na ikkinchi variant yuz beradi, shu bois jarayon bir necha oyga cho‘ziladi va 2020-yilgi saylov kampaniyasi boshlanishiga qadar yetib borishi aniq.

    26.09.2019, 10:29   Izoh (0)   34066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalqaro valyuta fondiga bolgariyalik iqtisodchi Kristalina Georgiyeva rahbar etib tayinlandi

    26.09.2019, 09:38

    “O‘ldirilish imkonini taqdim etuvchi yangi imkoniyatlar asriga xush kelibsiz”. Vladimir Zelenskiyning BMTdagi chiqishi

    25.09.2019, 23:27

    Oq uy Trampning Zelenskiy bilan suhbati matnini e’lon qildi. Aynan shu suhbat sabab AQSh prezidentiga qarshi impichment jarayoni boshlandi

    25.09.2019, 23:11

    Xitoyda ijtimoiy reytinglar endi biznesga ham aloqador bo‘ladi

    25.09.2019, 20:28

    Xitoyda jahondagi eng yirik — Dasin aeroporti ochildi. U Zaha Hadid loyihasi asosida qurilgan

    25.09.2019, 19:14

    Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli mamlakatdan chorva olib chiqilishini cheklamoqda

    25.09.2019, 18:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.