Portugaliyalik rassom Rodrigo Migel Sepulveda ko‘cha devorlari va to‘siqlarga o‘z tahallusi – Vile tarzida grafitt chizadi. U bir qarashda harflari o‘yilgan, binoning ichi ko‘ringandek qilib, reallik emas illyuziya grafittlar chiza oladi.
Vile professional rassomlar bilan ishlaydi hamda vaqti-vaqti bilan Yevropa ko‘cha san’ati festivallarida ishtirok etadi. U 1984-yilda tug‘ilgan bo‘lib, 14 yoshidan buyon graffit chizish bilan shug‘illanadi.
Vile graffitlarni asosan tashlandiq bino devorlari va to‘siqlarga chizadi. Unga ko‘ra, ish jarayondagi murakkablik illyuziyani ishonarli bo‘lishi uchun ranglar tanlash bilan bog‘liq.
Izoh (0)