O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari qo‘shni Qirg‘izistonga yangi turdagi mahsulot eksportini boshladi. Mahsulotning ilk partiyasi yo‘llanishida jurnalistlar ishtirok etdi.
2019-yil boshida Toshkentda Yaponiyaning JTI kompaniyasi mablag‘lari hisobidan aksizosti tovarlari ishlab chiqaruvchi fabrikaning uchinchi ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilgan edi. Natijada mahsulotlar turi ko‘payib, 30 taga yetkazildi. Germaniya, Fransiya, Gollandiyadan olib kelingan mazkur texnologiyalar ko‘magida tayyorlangan yuqori sifatli va yangi formatdagi mahsulotlar kuzga kelib Qirg‘izistonga eksport qilish boshlandi.
OAV xodimlari va blogerlar ishtirokida qadoqlangan dastlabki eksport mahsulotlarini Qirg‘izistonga jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirni yoritishga tashrif buyurgan bloger va OAV xodimlari qadoqlangan qutilarga o‘z dastxatlarini tushirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, shundan so‘ng tovarlar Qirg‘iziston tomon yo‘lga chiqqandi. Oradan ma’lum muddat o‘tib, mazkur eksport tovarlari Qirg‘izistonning so‘lim Issiqko‘l vodiysi joylashgan hududga yetib bordi. Dastlabki eksportga bag‘ishlangan maxsus tadbirda o‘zbekistonlik bir qator blogerlar va OAV xodimlari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida JTI kompaniyasining Qozog‘iston va Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Nikolskiy ishtirok etib, yig‘ilganlarga kompaniyaning faoliyati haqida taqdimot o‘tkazdi.
Nikolskiyga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxona so‘nggi to‘qqiz oy davomida 800 million dona aksizosti tovar belgilarini ishlab chiqarilgan. Natijada keyingi ikki yilda korxona 150 milliard so‘m soliq to‘lab, davlat byudjetiga foyda keltirdi. Shuningdek, korxona 300 dan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratgan:
“O‘zbekistonning iqtisodiy va ishlab chiqarish salohiyati o‘sib bormoqda. Bu esa O‘zbekistonda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va mamlakat rahbariyatining qulay sarmoyaviy muhit yaratishga bo‘lgan e’tibori natijasidir. Bu borada bizning loyihamiz yaxshi misol bo‘la oladi”.
Ayni vaqtda loyihaning umumiy investitsion hajmi 40 million dollarga teng.
Izoh (0)