Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yozgi transferlar vaqtida “Manchester Yunayted” “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosni sotib olishga urinib ko‘rdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sport Bild xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” 29 yoshli xavbek uchun “Qirollik klubi”ga 75 million yevro taklif qilgan. Biroq Madrid jamoasi bu taklifga rozilik bildirmagan. Keyinroq esa tomonlar Pol Pogba transferiga Kroosni qo‘shish ustida muzokara olib borgan va yakunda murosaga kela olmagan.

Qayd etilishicha, klublar Toni transferini qishda yana muhokama qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, nemis futbolchisining “Real” bilan shartnomasi 2023-yil yozida yakuniga yetadi. U joriy mavsum klub safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“O‘ylamasdan rol ijro etish”. Gollivud yulduzi Entoni Xopkins Marvel filmlarini tanqid qildi
Mahalliy
O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi (foto) 
Mahalliy
O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli tasdiqlandi