• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi: Avtolizinglardan aziyat chekayotganlarning murojaatlari keskin oshib ketdi

    So‘nggi kunlarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga avtolizinglardan, ayniqsa “Umid avtolizing” MChJdan aziyat chekayotganlarning murojaatlari oshgan. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Farg‘ona

    Andijon viloyatida yashovchi M.Temirov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilib, Farg‘ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” MChJ bilan 2018-yilda shartnoma tuzib, Damas avtomashinasini buyurtma qilganini, biroq buyurtmasi unga yetib kelmaganligini ma’lum qilgan. Shartnomaga binoan MChJ hisob raqamiga 31 250 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan. Mashinani oladigan fursat kelib, o‘tib ketsa hamki, avtoulovdan darak bo‘lmagan.

    Federatsiya tomonidan tushuntirishlar olib borilgandan so‘ng “Umid savdo fayz invest” MChJ 40 kun ichida avtomashina uchun to‘langan pulni qaytarib berishni o‘z zimmasiga olgan, ammo pullarni vaqtida qaytarmagan. Federatsiya aralashuvidan so‘ng lizing kompaniyasi pullarni fuqaroga qaytarib bergan.

    Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida yashovchi M.Hoshimovning o‘z arizasida bayon qilinishicha, “Umid savdo fayz invest” MChJ Farg‘ona hududiy bo‘limi bilan tuzilgan 2018-yil 30-aprel kungi shartnomaga asosan, Nexia 3 avtomashinasi buyurtma qilingan. Iste’molchi 36 025 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa-da, shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina yetkazib berilmagan. Oxir-oqibat avtomashina yetkazib berilmaganligi uchun shartnomani bekor qilib, to‘lov qilingan summa qaytarilishini so‘rab MChJga ariza bilan murojaat qilgan. Biroq shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovning qaytarilish muddati o‘tsa ham to‘langan mablag‘ qaytarilmadi.

    Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan o‘rganish davomida “Umid savdo fayz invest” MChJ Farg‘ona hududiy filiali rahbariyatiga tegishli tushuntirishlar berildi va Nexia 3 uchun to‘langan summa to‘liq qaytarib berildi.

    Buxoro

    Olot tumani “Denov” MFY istiqomat qiluvchi O‘tkir Azimov Buxoro shahridagi “Umid avtolizing” MChJga Nexia 3 avtomashinasi uchun shartnoma asosida 38 million so‘m pul to‘laydi. Shartnomada belgilangan muddat o‘tib ketsa ham avtomobildan darak bo‘lmaydi. Shundan so‘ng O‘tkir Azimov shartnomani bekor qiladi, biroq “Umid avtolizing” tashkiloti pulni qaytarishni paysalga soladi.

    Xaridor 1091 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilganidan so‘ng O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqib, har ikki tomonga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun haqida tushuntirish berildi.

    Natijada O‘tkir Azimov tomonidan to‘langan 38 million so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarildi. “Umid avtolizing” MChJ esa kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonun doirasida dalolatnoma tuzildi.

    Buxorolik Shohiddin Ahmedov Buxoro shahridagi “Umid avtolizing” korxonasiga Nexia 3 avtomobili uchun 2018-yil avgust oyida 34 750 000 so‘m naqd pul to‘lagani, ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan federatsiyaga murojaat qilgan. Iste’molchining 34 750 000 so‘m naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklandi.

    Buxoro shahrida “Umid avtolizing”ni yana bir qurboni Vobkent tumanilik I.Ramazonov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilib, 2018-yil 6-avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MChJdan Nexia 3 rusumli avtomashinasi xarid qilish uchun shartnoma tuzgani va shartnomada ko‘rsatilgan 34 750 000 so‘mni to‘lagani, ammo avtomashinani o‘z vaqtida yetkazilmaganini ma’lum qilgan. Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchining 34 750 000 so‘m naqd puli qaytarib berildi.

    Buxorodan yana shunday murojaat kelgan bo‘lib, G‘ijduvon tumanida yashovchi Rizqiddin Saidov ham “Umid avtolizing” bilan Cobalt avtomashinasi uchun shartnoma tuzib, to‘lov qilgan. Ammo shartnomada keltirilgan vaqtdan oylar o‘tib ketsa-da, mashinadan darak bo‘lmagan. Federatsiya mutasaddilari aralashuvi bilan iste’molchiga avtomashina tez fursatda yetkazib berildi.

    Qoraqalpog‘iston

    Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Kegayli tumani bo‘limiga tumandagi Aqtuba ovulida yashovchi fuqaro Q.Yusupov murojaat qildi. Iste’molchi 2018-yil 12-iyun kuni “Umidsavdo-fayzinvest” MChJ bilan lizing asosida Nexia 3 sotib olish uchun shartnoma tuzib, 33 400 272 so‘m, shundan 18 826 272 so‘m o‘tkazgani, pul to‘laganiga 250 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, mashinadan ham, puldan ham darak bo‘lmagan.

    Murojaat o‘rganib chiqilgandan keyin 10 kun ichida Q.Yusupov o‘z xohishiga ko‘ra, pulini to‘liq qaytarib oldi.

    Qashqadaryo

    Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Koson tumanida yashovchi fuqaro Hasan Samadov ariza bilan murojaat qilib, Qarshi shahrida joylashgan “Umid savdo fayz invest” MChJ xizmatlaridan noroziligini bildirgan. Arizada bayon qilinishicha, fuqaro H.Samadov Nexia 3 mashinasini uzoq muddatli lizing asosida sotib olish uchun “Umid savdo fayz invest” MChJ bilan 2018-yil 6-fevral kuni shartnoma imzolagan. Shartnoma shartlariga ko‘ra, u lizing xizmati ko‘rsatuvchiga 34 710 000 so‘m to‘lovni oldindan amalga oshirishi, xizmat ko‘rsatuvchi esa 120 kun muddatda avtomashinani yetkazib berishi lozim edi. Biroq H.Samadov tomonidan to‘lovlar o‘z muddatida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, lizing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot transport vositasini yetkazib bermagan.

    Fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, “Umid savdo fayz invest” MChJ va fuqaro o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasi iste’molchining tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama bekor qilindi va avtomashinani sotib olish uchun to‘langan pul iste’molchi foydasiga undirib berildi.

    “Bunday murojaatlarni qator keltirish mumkin. Surxondaryo viloyatidan kelib tushgan arizada Rashid Sheraliyev Lada Vesta avtomashinasi uchun 56 million 300 ming so‘m to‘lov qilganini, biroq bugunga qadar mashinasi unga yetib kelmaganidan norozi bo‘lgan. Yana bir surxondaryolik Gulnora Javliyeva ikkita Damas avtomashinasi uchun 67 million so‘m to‘lov qilgan. Bu iste’molchi ham ancha sarson bo‘lib yurgandan so‘ng, Federatsiya xodimlarining sa’y-harakati bilan 33 million so‘m mablag‘ini qaytarib olgan. Qolgan 33,5 million so‘mni hanuzgacha olishga qiynalishmoqda”, — deyiladi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi xabarida.

    PS. “Daryo” internet-nashriga ham Orient auto leasing kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, belgilangan muddat o‘tib ketsa ham mashinani ham, pulini ham ololmagan ikki fuqarodan murojaat kelib tushdi. “Daryo” nashri hozirda mutasaddi idoralar bilan ushbu kompaniyaning faoliyati qanchalik qonuniyligi borasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Agar fuqarolar orasida “Orient avto lizing” kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, kompaniya tomonidan shartnoma shartlari buzilayotgan, mashina o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgan yoki shartnoma bekor qilingach, pullar qaytarilmayotgan bo‘lsa ushbu fuqarolarni “Daryo” bilan bog‘lanishlarini so‘raymiz. Murojaat uchun info@simple.uz pochta manziliga xat yozishingiz yoki 78 140 86 85 raqamiga telefon qilishingiz mumkin.

    12.09.2019, 14:33   Izoh (0)   31117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod tumanida uchta yonma-yon uyda yong‘in sodir bo‘ldi

    12.09.2019, 13:36

    Navbahor xalq ta’limi bo‘limi rahbari o‘z eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgan edi. Voqea tafsilotlari ma’lum qilindi (video)

    12.09.2019, 13:20

    O‘zbekistonda sudya bo‘lish yoshi o‘zgardi

    12.09.2019, 13:04

    Namanganda derazadan uloqtirilgan ikki chaqaloq voqeasi. Aslida nima bo‘lgan edi? (video)

    12.09.2019, 12:20

    Toshkent viloyatida Spark ichidan 50 mln so‘m va 4 ming dollar o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

    12.09.2019, 12:13

    Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi metro qurilishi sabab dekabrgacha yopiladi

    12.09.2019, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    ZTE telekommunikatsiya sohasi uchun eng yangi yechimlar va mahsulotlarni taqdim etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    O‘zbekistonda avtomobillarni sotish va sotib olish uchun yangi – Abozor ilovasi ishga tushirildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uzbekistan Airways bilan Toshkent va Namangandan Irkutskka parvoz qiling


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CAEx Build&Co. xalqaro qurilish va dizayn ko‘rgazmasi — biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    O‘zbekiston Afg‘onistonda gaz qazib olish uchun 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Maqsad “Tolibon”ni tinchlantirishmi yoki ...

    10.10.2024, 21:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.