• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Toshloq sudyasi avtomobil orqa yon oynalariga parda o‘rnatish haqidagi IIV YHXBB bayonotiga munosabat bildirdi

    2019-yil 6-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar ma’muriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqqanganligi haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bu xabarga rasmiy bayonot bilan chiqdi.

    Farg‘ona viloyati Toshloq tuman ma’muriy sudining raisi Abrorjon Akramov Toshloq tumanida ko‘rilgan ish misolida IIV YHXBB bayonotiga munosabat bildirib, tahlillarini bayon etdi.

    Yaqinda Toshloq tuman ma’muriy sudi tomonidan ham avtomashinaga parda taqish bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi.Fuqaro X.Abdurahimov 2019-yil-9 iyun kuni soat 12:00 larda boshqaruvidagi Lacetti rusumli 40 X 201 PA davlat belgili avtomashinani Toshloq tumani markazida avtomashinaning orqa va orqa yon oynalariga qora rangli parda taqib olib boshqarib ketayotganida Farg‘ona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatiladi.

    YHXB xodimlari yo‘l harakati qoidalarining 3-ilova 7.3-bandi talablariga zid ravishda parda taqib olingan, degan vaj bilan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

    Haydovchi qonunda pardaga taqiq yo‘qligini, taqiq faqat “tonirovka” uchun borligini, ushbu holat bo‘yicha tuman IIB YHXB MJtKning 126-moddasi bilan asossiz qaror qabul qilgan deb hisoblashini bildirib, ma’muriy suddan qarorni bekor qilishni so‘raydi.

    Mavzuga doir: “Tarqatilgan xabarlar asossiz”. IIV YHXBB avtomobilning orqa yon oynalariga parda o‘rnatish mumkinligi to‘g‘risidagi sud qaroriga munosabat bildirdi

    Toshloq tuman ma’muriy sudining joriy yil 6-avgustdagi qaroriga ko‘ra, Toshloq tuman IIB YHXBning 2019-yil 10-iyuldagi UZ-19 seriyali 40-115503-raqamli bayonnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismi bilan X.Abdurahimovga nisbatan eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida (5 068 250 so‘m) jarima jazosi tayinlash haqidagi qarori bekor qilinib, ish yuritish to‘xtatilgan.

    Sud tuman IIB YHXBning qarorini bekor qilish haqidagi qarorni qabul qilishda quyidagi holatlarga e’tibor qaratgan:

    Toshloq tuman IIB YHXBning 10-iyuldagi ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorida, X.Abdurahimov 9-iyun kuni boshqaruvidagi Lagetti rusumli 40 X 201 PA davlat belgili transport vositasini Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilova 7.3-bandi talablarini buzib, ko‘zgusimon yoki tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) transport vositasidan foydalanib kelib, bu bilan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb ko‘rsatilib, X. Abdurahimovga nisbatan eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    O‘zbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismida texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lib, ushbu huquqbuzarlik uchun eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanishi nazarda tutilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 370-sonli qarorining (2019-yil 3-avgustga qadar kuchda bo‘lgan) 3-ilovasi 7.3-bandida haydovchining joyidan (!) tevarak-atrof ko‘rinishini cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan va qoplamalar tushirilishi taqiqlanishi belgilangan.

    7.4-bandida esa, III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining ikki yoniga orqa tomon ko‘rinishini ta’minlaydigan tashqi ko‘zgu o‘rnatilgan bo‘lsa, orqa va yon oynalariga parda, shuningdek, M1 toifadagi (M1 toifasi-yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari) avtotransport vositalarining orqa oynalariga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat etiladi, deb ko‘rsatilgan.

    Ushbu normaning o‘ziga xos tarafi shundaki, ish bo‘yicha arizachi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina M1 toifadagi avtomashinalar toifasiga kiradi. Mazkur bandda avtomashinaning old, orqa va yon oynalari jumlasi ishlatilgan bo‘lib, orqa oyna deganda avtomashinaning aynan qaysi qismi ekanligi aniq ko‘rsatib berilmagan. Chunki, avtomashinani old va orqa yon oynalari mavjud bo‘lib, ularni farqlash zarur. Ushbu bandda aynan orqa yon oynaga parda o‘rnatishga taqiq mavjud emas, ya’ni bunday harakat taqiqlanmagan. Mazkur ishda arizachi avtomashinasining orqa yon eshiklariga parda o‘rnatib olgan bo‘lib, qonunda orqa yon oynalari aniq ko‘rsatilmagani, orqa oynalarga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat etilgani inobatga olinib, qaror qabul qilingan.

    Shuningdek, ish hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i X. A.Saydaliyev tomonidan imzolangan 2019-yil 15-iyundagi № 24/5-16383-sonli aloqa xati mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 370-sonli qarori 3-ilovasining 7.4-bandi talablari bo‘yicha barcha transport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 santimetrdan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 30 foizdan kam bo‘lmagan polosa shaklda o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) bo‘lsa, shuningdek, transport vositalari yon oynalarini sochiq yoki quyoshni to‘suvchi boshqa materiallar bilan vaqtincha yopib qo‘yilgan holatlar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasligi bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Muhokama qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlashga mas’ul bo‘lgan organni bo‘ysunuvidagi bo‘limlarga rasmiy ravishda bu kabi ko‘rsatmani berishini o‘zi qonundagi noaniqlikni tan olgandek go‘yo.

    Mavzuga doir: Buxoroda sud avtomobilning orqa eshigiga parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi

    Shuningdek, huquq doirasidagi qonunchilikka ko‘ra tartibga solinmagan munosabatlar va noaniqliklar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning foydasiga hal qilinishi belgilab berilgan. Sud, ushbu normalarga asoslanib, yuqoridagi banddagi noaniqliklarni huquqbuzar foydasiga hal qilishni lozim, deb topgan.

    Toshloq tuman IIB YHXB qaror qabul qilishda aynan Yo‘l harakati qoidalari 3-ilovasining 7.3-bandi talablari buzilganini e’tirof etib, orqa va orqa yon oynalariga qora rangli parda taqib olgani sababli ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, deb topgan.

    Sudda va ish hujjatlaridan aniqlangan holatlarga ko‘ra, X. Abdurahimov boshqaruvidagi tranpsort vositasini orqa oynalariga parda taqib olib, yuqoridagi qoidalarda ruxsat etilgan huquqidan foydalangan.

    O‘zbekiston Respublikasi MJtK 126-moddasining 1-qismi dispozitsiyasi mazmuniga e’tibor berilsa, texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan (!) tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish uchun javobgarlik belgilangan. X. Abdurahimov ko‘zgusimon yoki tusi o‘zgartirilgan oynali transport vositasidan foydalanmagan. U avtomashinaning orqa va orqa yon oynalariga vaqtincha qora rangdagi pardalarni taqib olib transport vositasidan foydalangan.

    Ish hujjatlarida “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 15-maydagi № 01/2392-sonli aloqa xati mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan davlatlararo standart GOST 33988-2016 “Avtomobilniye transportniye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy”ning 2.12-bandiga muvofiq haydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi maydonning ustki chegarasi deb, haydovchi ko‘zlari va jami maydonning ostki chegarasini tashkil qiladigan, uchta boshqa tekisliklar darajasida o‘tadigan, gorizontal tekislik orasida joylashgan, 1800 sektorda old ko‘rinishning shartli maydoni hisoblanishi ko‘rsatilgan.

    Qonunga e’tibor berilsa, haydovchining o‘rnidan (!) tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish uchun javobgarlik mavjud. Standart talablarida ham aynan haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof ko‘rinishi maydonning ustki chegarasi sifatida haydovchi ko‘zlari va jami maydonning ostki chegarasini tashkil qiladigan, uchta boshqa tekisliklar darajasida o‘tadigan, gorizontal tekislik orasida joylashgan, 1800 sektorda old ko‘rinishning shartli maydoni hisoblanishi ko‘rsatilgan.

    Demak, yuqoridagi qoidadan haydovchi boshqaruv rulida o‘tirgan joydan o‘ziga nisbatan oldindagi 1800 sektorda old maydon tevarak-atrof ko‘rinishi hisoblanadi va bu holatda orqa yon eshiklarda pardalarni bo‘lishi tevarak-atrofni ko‘rishni cheklamaydi. Ayni holatda yengil avtomashinaning orqani ko‘rsatuvchi ikki yon ko‘zgulari mavjudligi orqani bemalol ko‘rinishini ta’minlab berishi ham mumkin.

    9-iyun kungi voqeada qonunda transport vositasini orqa yon oynalariga parda taqib olinishiga oid rasmiy cheklov mavjud bo‘lmagan. MJtK moddasiga ko‘ra, taqiq faqatgina haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha o‘rnatilgan narsalar yoki surtilgan qoplamalarga ta’luqli bo‘lgan. Sud, X. Abdurahimovni transport vositasining orqa, yon oynalariga parda taqib olishi uni avtomashinani boshqarishida tevarak-atrofni ko‘rishini cheklamaydi, degan asosli xulosaga kelgan.

    Albatta, sud, qaror qabul qilishda davlat organlari yoki boshqa muassasalarning rasmiy munosabatlari yoxud qonunni qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlariga emas, balki qonun talabiga asoslanib qaror qabul qiladi. Zero, sudning vazifasi eng avvalo qonun ustivorligini ta’minlash.

    Yuqoridagilarni asoslanib, sud, arizachi X. Abdurahimovning shikoyat arizasini qanoatlantirib, Toshloq tuman IIB YHXBning qarorini bekor qilib, ishni yuritishni to‘xtatishni belgilashni lozim topgan.

    2019-yil 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 646-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 370-sonli qarorining 3-ilovasi 7.4-bandiga o‘zgartirish kiritilib, muqaddam M1 toifadagi avtomashinalarga berilgan huquq chiqarib yuborildi. Ya’ni, M1 toifadagi avtotransport vositalarining orqa oynalariga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat etiladi, degan jumla olib tashlandi. Lekin, mazkur band bilan barcha toifadagi avtomashinalarning orqa oynalariga parda (chiy parda, darparda) o‘rnatishga ruxsat berildi. Demak, muqaddam M1 toifadagi avtomashinalarning orqa yon oynalariga parda o‘rnatishga taqiq bo‘lmagani sababli M1 toifadagi avtomashinalar yangi qarorda chiqarib tashlanganini tushunish mumkin.

    646-sonli qarorda III klass M3 toifadagi (M3 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko‘p bo‘lgan avtotransport vositalari, Klass III — konstruksiyasi faqat o‘tirib ketadigan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalari) avtotransport vositalari yon oynalariga parda o‘rnatish mumkinligi aniq ko‘rsatib berilgan va noaniqliklar bartaraf etilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 9-moddasida “Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilib turuvchi qonun hujjatlari asosida javobgarlikka tortiladi” deb belgilangan.

    Shunga e’tibor qaratish lozimki, Toshloq tuman ma’muriy sudi yuqoridagi qarorni joriy yil 6-avgust kuni qabul qilgan bo‘lsa-da, 9-iyun kuni sodir etilgan go‘yoki huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan. Bu holatda sud, MJtKning 9-moddasi talabidan kelib chiqib, 9 iyun kuni amalda bo‘lgan qonun normalariga asoslanib ish ko‘rgan. Ya’ni, o‘sha paytda qonuniy kuchda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 370-sonli qarorining 7.3 va 7.4 bandlarini muhokama qilgan. 2019-yil 2-avgust kuni esa aynan mazkur normalar hukumatning tegishli qarori bilan o‘zgartirilgan.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, 2019-yil 3-avgustdan boshlab bu boradagi munosabatlarga aniqlik kiritilganini nazarda tutib, qonunchilikni qo‘llash lozim bo‘ladi.

    11.09.2019, 16:05   Izoh (0)   42533
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.