O‘zgidromet tomonidan 2019-yilning 8-avgustidan 20-avgustigacha o‘tkazilgan atmosferadagi fizik jarayonlar tahlili va sputnikdan olingan ma’lumotlar, shu kunlarda O‘zbekiston hududi janubiy-g‘arbiy oqim ta’sirida bo‘lib, ular orqali Eron va Kaspiy dengizi janubiy hududlarida shakllangan havo massasi Turkmanistondan kirib borganini ko‘rsatdi.
FVV matbuot xizmatining yozishicha, gamma nurlanish ekspozitsion dozasining oylik o‘rtacha quvvati darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha 0,16 mikrozivert/soatni tashkil etgan va 0,08 mikrozivert/soatdan 0,24 mikrozivert/soatgacha o‘zgarib turgan.
Respublika hududida 8-avgustdan 20-avgustgacha bo‘lgan vaqt orasida gamma nurlanishning ekspozitsion dozasining o‘rtacha ko‘rsatkichi 0,15 mikrozivert/soatni tashkil etgan. Bunda ekspozitsion dozaning zarar qilmaydigan maksimal ko‘rsatkichi 0,30 mikrozivert/soatni tashkil etadi.
Toshkentda 8-avgustdan 10-avgustgacha gamma nurlanishning ekspozitsion dozasining maksimal qiymati 0,16 mikrozivert/soatni tashkil etgan.
Shunday qilib, O‘zbekiston hududida gamma nurlanishning ekspozitsion dozasining sanitar me’yorlari oshgani kuzatilmagan.
Izoh (0)