• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toyloq tumani ichki ishlar idoralari xodimlarining mahalliy aholiga yomon munosabatda bo‘lgani voqeasiga aniqlik kiritildi

    Facebook’dagi “Kommunalka” sahifasida 14-avgustda Samarqand viloyatining Toyloq tumani Qo‘tirbuloq qishlog‘ida ichki ishlar idoralari xodimlarining mahalliy aholiga yomon munosabatda bo‘lgani, mazkur holat qishloq odamlarining ko‘chmas mulkini noqonuniy buzishga qarshiligi sabab ekanligi haqida xabar va video joylashtirildi. Keyinchalik bu ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin etilgan.

    Foto: Videodan lavha

    Foto: Videodan lavha

    Zarnews Qo‘tirbuloqda aslida nima bo‘lganiga oydinlik kiritib, “Suvni loyqalatishdan kim manfaatdor?” nomli maqola chop etdi. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

    Xo‘sh, aslida Qo‘tirbuloqda nima bo‘lgan edi?

    Ushbu savolga avvalo Toyloq tumani ichki ishlar bo‘limi javob berdi. Bo‘lim tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomada qayd etilishicha, Toyloq tumani hokimining 2009-yil 29-dekabrdagi 990-Q sonli qarori bilan Samarqand shahridagi “Afsona Travel” turistik firmasiga sayyohlar dam olish kompleksi va milliy suvinerlar ishlab chiqarish shoxobchalari qurish uchun 1,0 ga yer maydoni ajratilgan. Ushbu qaror Samarqand viloyat hokimining 2010-yil 1-noyabrdagi 140-Q sonli qarori bilan tasdiqlangan va joyida mutaxassislar tomonidan yer maydoni chegaralari aniqlanib o‘lchab berish dalolatnomasi tuzilgan.

    Toyloq tuman hokimining 2018-yil 30-yanvardagi 85-Q sonli qarori bilan “Afsona Travel” MChJ tomonidan qurib bitkazilgan ma’muriy binoga egalik huquqi tiklangan.

    O‘tkazilgan tekshirishlar davomida Qo‘tirbuloq qishlog‘ida yashovchi Suyunov Jahongir Shermamatovich tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda “Afsona Travel” MChJga tegishli yer maydonining 0,12 gektar qismi hamda hududga tutash bo‘lgan bo‘sh yerlardan 0,18 gektar maydon (jami 0,30 gektar) egallab olinib, atrofni devor bilan o‘ralgan hamda 200 kvadrat metr joyda uy-joy bino inshooti qurilganligi aniqlangan.

    2019-yil 14-mayda fuqaro J.Suyunovga tuman arxitektori S.Eraliyevning imzosi bilan noqonuniy ravishda qurilgan uy-joy binosini buzib, yerni asl holatiga keltirib qo‘yish to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish xati berilgan. Ammo J.Suyarov unga berilgan 15 kun muddat ichida noqonuniy qurilmalarni o‘z ixtiyori bilan buzmagach, tuman hokimligi tomonidan 2019-yil 29-mayda fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining 2019-yil 5-iyundagi hal qiluv qarori bilan tuman hokimligining da’vosi qanoatlantirilgan va fuqaro J.Suyunov tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan 0,30 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy javobgar hisobidan buzdirilishi, yer maydoni asl holatiga keltirilishi ko‘rsatilgan.

    Sudning mazkur hal qiluv qaroriga asosan, 2019-yil 5-iyunda tuman hokimligi tomonidan tuman hokimi, hokimlik vakillari, tuman prokurori, majburiy ijro byurosi, IIB boshlig‘i va xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va kotibi, mahalla faollaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. Ishchi guruhi a’zolari shu kuni J.Suyunov tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino oldiga kelganida J.Suyunovning oila a’zolari va qarindoshlari ularni haqoratlab, binoni buzishga qarshilik qilgan. Mazkur holatda vaziyatga to‘g‘ri baho bermagan J.Suyunovning qarindoshi ichki ishlar xodimlari xizmat avtomashinasiga o‘tqizilgan va unga qilayotgan harakati qonunga zid ekanligi tushuntirilgan.

    Shundan so‘ng J.Suyunov ishchi guruhi bilan birga noqonuniy uy-joyni buzib, yerni bo‘shatib bergan.

    Fuqaro J.Suyunovga tegishli bo‘lgan noqonuniy uy-joyni buzish davomida biror bir fuqaroga tan jarohati yoki boshqa tarzdagi ziyon yetkazilmagan, ma’muriy yoki jinoiy choralar qo‘llanilmagan.

    Ushbu xabar va video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turlicha munosabatlar bildirilgach, J.Suyunovning o‘zi vaziyatni izohladi:

    Ko‘rinib turibdiki, J.Suyunov noqonuniy ravishda yerni egallab olgani va bino qurganini kech bo‘lsa-da anglab, bu xatoni to‘g‘rilagan. Yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha hech kimdan norozi emasligini ham bildirmoqda. Uning o‘zi ta’kidlaganidek, muammo uniki, oilasiniki edi. Ularning shaxsiy hayoti, oilasi bilan bog‘liq vaziyatni keng ommaga oshkor etishga hech kimning haqqi yo‘q-ku. Yoki bundan boshqa maqsad ko‘zlanganmidi?

    Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama etilayotgan masala ham shu bo‘lmoqda – ko‘rgani, eshitgani haqida axborot berishning ham tartibi, mas’uliyati bor. Bu ayniqsa, boshqalarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lsa. Ijtimoiy tarmoqlarda yozayotganida, xabar tarqatayotganida har bir fuqaro o‘z huquq va majburiyatlarini bilishi kerak.

    15.08.2019, 11:28   Izoh (0)   50188
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda bekat qurilishida daraxt saqlab qolindi (foto)

    15.08.2019, 10:57

    “Bahor” raqs ansambli faoliyati qayta tiklanadi

    15.08.2019, 09:47

    DXX Qashqadaryoda fuqaroning uyida 11 tonna neft va gaz-kondensat mahsulotlari saqlanayotganini aniqladi

    15.08.2019, 09:40

    Hojilarni qanday kutib olish kerak?

    15.08.2019, 09:25

    O‘zbekistonda YuNESKO ro‘yxatiga kirgan va davlat muhofazasiga olingan obidalar hududida faqat mahalliy suvenir mahsulotlari sotiladi

    15.08.2019, 09:10

    Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namanganda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda

    15.08.2019, 08:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.