2019-yil 14-avgust kuni soat 15:20 larda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri “Guliston” MFYda yashagan 44 yoshli F.M. uyi oldida joylashgan ustaxonada dizel yoqilg‘isi saqlash uchun mo‘ljallangan bochkani payvandlayotgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada F.M. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)