Yashnobod tumanidagi xonadonlar kranidan qoramtir rangdagi iflos suv tushmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhidagi foydalanuvchilardan biri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunday suvni oqizib tashlashga soatlab vaqt ketmoqda. Bunda suv hisoblagichlar aylanib, iste’molchilar ifloslangan suv uchun ham pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

“Nega iflos suv uchun ham pul to‘lashimiz kerak?” — deb e’tiroz bildirgan foydalanuvchilardan biri.

Shuningdek, bunday suvdan yoqimsiz hid kelayotgani ham aytilgan.