Saudiya Arabistoni podshohi taklifiga binoan haj ibodatlarini ado etayotgan o‘zbekistonlik bir guruh olimlar Arafot vodiysida turli davlatlardan kelgan nufuzli ulamolar bilan birgalikda haj amallarini ado etmoqda.
Ulamolar Arafot maydonida podshohning mehmonlariga ajratilgan chodirlarga joylashib, taniqli olimu fuzalolar bilan muloqotlarga kirishib, ilmiy-ma’rifiy suhbatlar qurmoqda.
Ushbu jarayonlarda Saudiya Arabistonining markaziy telekanallari muxbirlari o‘zbekistonlik ulamolardan mamlakatda olib borilayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida intervyular oldi.
Arafotdagi o‘zbekistonlik ulamolar Qurbon hayiti munosabati bilan barcha yurtdoshlarni muborakbod etib, yurtda tinchlik-osoyishtalik ne’mati bardavom bo‘lishi va xalq faravonligini yanada ziyoda etishini so‘rab, duolar qilmoqda.
Izoh (0)