9-avgust kuni soat taxminan 08:55 da Toshkent metropolitenining “Kosmonavtlar” stansiyasi ikkinchi yo‘li bo‘ylab harakatlanayotgan 37-sonli harakat tarkibida texnik sabablariga ko‘ra asosiy havo tarqatuvchi moslamasida nosozlik paydo bo‘lgan.
Bu esa, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmatining qayd etishicha, tormoz kolodkasining o‘z-o‘zidan avtomatik to‘xtashiga sabab bo‘lgan. Nosozlik 5 daqiqada bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent metropolitenining poyezdlar harakati jadvaliga ta’sir etmagan.
Izoh (0)