Qirg‘iziston rasmiylari tomonidan qo‘lga olingan sobiq prezident Almazbek Atambayev tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
“Atambayev tergov bilan hamkorlikdan bosh tortdi va hech bir hujjatga qo‘l qo‘ymadi”, — dedi advokat.
Slersarevga ko‘ra, gap ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi iltimosnoma, ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi hujjat, tergov bayonnomasi va boshqa mazkur ish bilan bog‘liq qog‘ozlar haqida ketmoqda.
Izoh (0)