Belgiyaning Lyeje shahri fuqarosi taxminan o‘n yil oldin 30 million yevro turadigan noyob kartinani sotib olgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, erkak shu orqali bir tanishiga moliyaviy jihatdan yordam bermoqchi bo‘lgan. U Iso Masihning kartinasini 500 yevroga sotib olgan.
Erkak do‘stlaridan birining tavsiyasiga ko‘ra, kartinani ekspertizaga bergan. Ma’lum bo‘lishicha, kartina Rembrandt tomonidan chizilgan va uning qiymati 30 million yevro turadi.
Izoh (0)