Yaponiyada bir hafta davomidagi jazirama oqibatida 57 kishi vafot etdi, qariyb 20 ming nafari issiqlik urishidan kasalxonaga yotqizildi, deya xabar berdi “TASS”.
Qayd etilishicha, so‘nggi haftada butun Yaponiyada issiqlik urishidan umumiy hisobda 18347 nafar odam kasalxonaga yotqizilgan. Jazirama issiq butun Yaponiya hududida kuzatilgan bo‘lib, hozirda ayrim joylarda havo harorati 39 darajagacha issiq bo‘lmoqda.
Vafot etgan va issiqlik urganlarning aksariyati keksa yoshdagi kishilar ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)