Qirg‘izistonda joriy yil 6 oyi mobaynida kelin o‘g‘irlash bilan bog‘liq 118 ta holat ro‘yxatga olindi. Bu IIV jamoat xavfsizligi xizmati rahbari Ulan Risbekov ma’lum qilgan.
“2019 yilning olti oyida kelin o‘g‘irlash bilan bog‘liq fakt bo‘yicha 118 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, shundan 94 tasi nikoh bilan bog‘liq o‘g‘irlash bo‘lsa, 12 tasi esa nikohga majburlash. Ishlarning ko‘pi sudga topshirildi”, — deydi Risbekov.
Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, kelin o‘g‘irlash bilan bog‘liq hodisalarning ko‘pi qishloq joylarda qayd qilingan.
BMTning gender masalalari bo‘yicha hisobotida aytilishicha, Qirg‘izistonda oilalarning 20 foizi bevosita kelin o‘g‘irlash tufayli bunyod bo‘lgan.
Yangi Jinoiy kodeksda kelin o‘g‘irlash uchun jazo kuchaytirilgan. Endilikda bu jinoyat uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. Bundan tashqari, voyaga yetmagan qizlarni nikohga majburlaganlar uchun ham 200 ming som miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)