Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iyul oyi oxirida Belarus Respublikasida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy byusti ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bugun OAV vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvda berilgan ma’lumotga tayanib Sputnik ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Iyul oyi oxirlarida Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi, biz katta konsert dasturini tayyorlayapmiz. Dasturda Mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston namoyish etiladi. Ellikdan ziyod kishi jalb qilingan”, — dedi Sayfullayev.

Madaniyat vaziri shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining rasmiy tashrifi arafasida Belarusda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochilish marosimi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko 2018-yilning 12—14-sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘zbekiston yetakchisi bilan uchrashgan. Ushbu tashrif oldidan O‘zbekiston poytaxtida belaruslik yozuvchi Yakub Kolas byustining ochilish marosimi o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda