17-iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda Nigeriya terma jamoasi Tunis termasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvdagi yagona gol 3-daqiqada nigeriyalik hujumchi Odion Igalo tomonidan kiritildi.
Shu tariqa Nigeriya Tunisni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, final bahsi 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Senegal terma jamoasi Jazoir termasi bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurashadi.
Afrika Millatlar Kubogi
3-o‘rin uchun bahs
17-iyul, chorshanba
Tunis—Nigeriya 0:1
Gol: 0:1 — 3 IgaloTunis: Ben-Shrifiya, Merya, Haddodi, Xnid (Bedui, 67), Dreger, Sassi, Skiri, Badri (Sliti, 58), Shalali, Xazri, Xenissi (Shauat, 44)
Nigeriya: Uzoxo, Kollinz, Ayna, Omeruo, Trost-Ekong, Ivobi, Etebo, Ndidi, Chukvueze (Kalu, 90), Musa (Saymon, 75), Igalo (Osimxen, 46)
Ogohlantirishlar: Ndidi (18), Shalali (61), Bedui (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)