Meksikalik qilichboz Paola Pliyego O‘zbekiston fuqaroligini oldi va u endilikda xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qiladi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
24 yoshli atlet bunday qarorga kelishiga Meksika olimpiya qo‘mitasidagi korrupsiya holatini ko‘rsatadi.
Ayni paytga kelib, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rasmiy saytida Paolo O‘zbekiston fuqarosi sifatida ko‘rsatilmoqda.
Qayd etish joiz, Paolo Pliyego 2019-yilgi Jahon Kubogida O‘zbekiston nomidan qatnashadi.
Pliyego 2016-yilgi Rio Olimpiadasiga qadar xalqaro miqyosda qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan, ammo doping bilan bog‘liq muammo tufayli Braziliya mezbonlik qilgan olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmagan.
Ma’lumot uchun, Mexikoda tug‘ilgan Pliyego 2013/14-yilgi mavsumini Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) yosh sablyachilar ro‘yxatida 150 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlagan.
Paolo Pliyego 2015-yilda Pan Amerika chempionatida bronza, Satellit turnirida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
15-iyuldan Budapeshtda boshlanadigan jahon chempionati Pliyegoning O‘zbekiston terma jamoasidagi ilk musobaqasi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov 2008-yildan buyon Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)