Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida tarkibi oltinga boy rudalarni qazib olish bo‘yicha ikkita investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda AJ Investitsiya departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Kamoliddin Salimov ma’lum qildi.
Loyihalarning birinchisi “Qizil olma” koni bazasidagi “Samarchuk” yer osti koni hisoblanadi. Qiymati 71,5 million AQSh dollarilik bu loyiha 2023-yilda ishga tushiriladi va yiliga 100 ming tonna ruda qazib olinadi.
Ikkinchisi “Mejdureche” yer osti koni bo‘lib, u 2025-yilda ochilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu kon yiliga 120 ming tonna ruda olish, Angren shahridagi ish o‘rinlarini to‘liq saqlab qolish imkonini berishi aytilmoqda.
Shu kabi loyihalar tufayli Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va nodir metallar ishlab chiqarilishi hajmi 2 barobarga oshishi kutilmoqda.
Izoh (0)