O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida kenja qizi Ranianing suratini joylashtirib, o‘zbekistonlik barcha yoshlarni “Yoshlar kuni” bilan tabrikladi.
“Dunyoga kelajak avlod ko‘zi bilan boqsang uning naqadar beg‘uborligi, go‘zalligi va betakrorligini his qilar ekansan. Yoshlar qudratli bo‘ladi. Ular ulkan orzulari va xayollari bilan shiddatli oqimni o‘zgartirishga, osmono‘par inshootlarni yaratishga, hayotni yana-da go‘zallashtirishga, qo‘yingki, dunyoni zabt etishga qodir bo‘lishadi. Kelajak shu kabi jajji va barkamol avlod qo‘lida. Xudo xohlasa bizning tinch va masrur keksalik gashtimizni ham ular ta’minlab berishadi.
Farzandlarimizning rang-barang, go‘zal hayot yo‘li va keksalik yoshiga tinchlik bilan yetib borishiga bugun biz masulmiz.
Yoshlar kuni bilan barcha navqiron avlodni — O‘zbekiston kelajagini samimiy qutlayman!”, — deb yozadi Otabek Umarov.
Izoh (0)