Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis 29-iyun kuni ertalab baxtsiz hodisa tufayli o‘ng tos suyagidan jarohat oldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Prezident Limassoldagi xususiy kasalxonada operatsiya qilindi.
“Davolovchi shifokorning aytishicha, 3 haftadan so‘ng prezident avvalgi holiga qaytadi va yana vazifasini bajarishga kirishadi”, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Konstantin Ioannu.
Anastasiadis 72 yoshda. U 2013-yila Kipr prezidenti etib saylangan, 2018-yilda esa qayta saylangan.
Izoh (0)